Yig‘ilish ishtirokchilari: MMIBDO‘ B.Xasanova, maktab psixologi M.Madrimova, maktab shifokori O.Jumaniyozova
va barcha6-7- 9 sinf o‘quvchilari
Kun tartibi: O‘zbek qizlarining kiyinishi, muomala madaniyati, odob-axloqi to‘g‘risida;
Sog‘lom turmush tarzi va shaxsiy gigiena to‘g‘risidada .
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ B.Xasanova o‘zso‘zida, xar bir yurtning buguni va kelajagi tom ma’noda, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivoj topgani bilan belgilanishi, zero Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga etayotgan o‘g‘il-qizlar kamolibilan chambarchas bog‘liqligi aslida, yurtimizda ta’lim tizimi islohotiga ustuvor vazifa sifatida qaralishining zamirida ham ayni farzandlarimizning kelajak taqdirini o‘ylash orqali Vatanning ertangi taraqqiyotini ko‘rish g‘oyasi mujassamligi tugrisida gapirdi.
, xozirgi davr texnika asri bo‘lganligi sababli, internet orqali foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda zararli illatlarni kirib kelayotgani achinarli xol ekanligini va shular jumlasiga “Ommaviy madaniyat” kabi illatlar kirishini, bu illat ayniqsa o‘quvchilar ongini zaxarlab, ularning mentalitetimizga mos bo‘lmagan kiyimlar kiyishga, o‘g‘il bolalarning soch turmaklari qizlarnikiga o‘xshab xar-xil nojo‘ya xatti-xarakatlar qilishiga olib kelishini aytdi.
Maktab shifokori O.Jumaniyozova o‘z so‘zida, sog‘lom turmush tarzi va shaxsiy gigiena va yoshlarning to‘liq bilim, hunar egallashga to‘sqinlik qilayotgan ko‘rinmas yov bo‘lib turgan karona virus butun dunyoga xavf solib turibdi , bu kasallikni oldini olish uchun shaxsiy gigienaga amal qilishimiz va maskalarni taqib yurishimiz lozim ekanligini takidladi.
YUqoridagi masalalar yuzasidan maktab yig‘ilishi:
QAROR QILADI: 1. Odob-axlok koidalarinining barcha boblariga oid ma’lumotlar tushuntirilib karonavirus kasaligini oldini olish to‘g‘risida slaydlar, bukletlar yordamida kengroq tushuntirish ishlari olib borilsin .
2. “Oila, Maxalla, Ta’lim muassasasi” faoliyatini kuchaytirilsin va pandimiya qonun qoidalariga rioya qilinsin.
3. Qaror ijrosini nazorat qilish MMIBDO‘ B.Xasanova zimmasiga yuklatilsin.