Maktab oquvchilariga sayyorani axlatdan tozalashda har kim oz hissasini qoshishi mumkin degan fikrni singdirish. Buning uchun oz uyi, sinfi, maktabi, kochani toza saqlash kerak. Toza, bu tozalangan joylar emas, balki axlat tashlanmaydigan joy.
Oquvchilarda chiqindilarni saralash axlat va atrof-muhitni ifloslanish muammosini hal qilish konikmalarini shakllantirish.
Dars shakli:Dars interaktiv shaklda olib boriladi. Buning uchun bolalarga malum bir mavzu boyicha bilimlarni tushuntirish uchun savollar beriladi, bazilari esa qiziqish uchun motivatsiyasini oshiriladi. Javobni
2-3 ta oquvchidan eshitish va mazmunga otish yetarli boladi. Aniqlik uchun slaydlar korsatiladi. Har bir slaydga oqituvchi uchun matn qoshiladi.
Dars davomiyligi: 35 daqiqa.Darsni jonli va optimistik tarzda otkazing, shunda oquvchilar buni butun umr eslab qoladilar!
OQITUVChI UChUN YORIQNOMA 2-slayd. Xurmatli oquvchilar, bugun 18 sentyabr dunyo boylab barcha mamlakatlarda Tozalik kuni nishonlanayotganligi haqida bilasizmi? (oquvchilar 2-3-daqiqa savollarga javob berishadi).
Butunjaxon tozalik kuni ozi yashovchi mahallada, tumanda tozalik yaratish goyasini, fikrini amalga oshirish kunidir. Tozalik kunini otkazish goyasi 2008 yil Estoniyada paydo bolgan. Unda 50000 nafar kungillilar (volonterlar) yigilib, bir necha soat davomida oz yurtlarini bir qancha tonna chikindilardan tozalashga yordam berdilar.
Ozbekistonda bu tadbir birinchi marta 2019 yilda otkazildi. Otgan 2020 yilda esa, kongilli fuqarolar mamlakatimizning bir qancha maydonlarida va hiyobonlarida hasharlar otkazishdi. 2021 yilda esa, biz bu tadbirni mamlakat boylab otkazmoqdamiz.
Bugun, respublikamizning barcha maktablarida 18 sentyabr - Butunjaxon tozalik kuni”ga bagishlab ochiq darslar otkazilmoqda. Oqituvchilar tomonidan oquvchilarga chiqindilarni taqsimlash va ularni qayta ishlash haqida tushunchalar beriladi. Maqollarda aytilishicha Uyi tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas, El sogligi yurt boyligi. Tozalik haqida oylash, qaygurish oiladan boshlanadi. Oz uyingiz, mahallangiz, maktabingizning tozaligi haqida gamxorlik qilishni, qaygurishni boshlang. Umid qilamizki, bugungi darsimizda har biringiz faol ishtirok etasiz. Uyga borganingizda esa, ota-onangizga , aka-uka, opa-singillaringizga, dostlaringizga bugun korganlaringiz va organganlariz hamda ona-yurtimiz, olkamizningtozaligiga etibor berish muhimligi togrisida gapirib bering.
3-slayd. Agar chiqindilarni shunchalik tashlab yuborsak, ular qancha vaqt utgandan keyin chiriydi, bilasizmi? (oquvchilar 2-3 daqiqa savolga javob berishadi).
4-slayd.
Hozirgi kunda Yer sayyorasida, Yer ustida, suvlarda chiqindilar shu darajada kopayib ketganki, bu chiqindilar atrof muhitni zararlanishiga olib kelmoqda. Xayvonot olamida qirilishlar bulmoqda. Rasmlardagi xolat bunga misoldir.