Us 6 American Education System



Yüklə 157,63 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü157,63 Kb.
#127877
Jangiboyeva Aziza

Fan: Maktabgacha ta‘limda me'yoriy asoslar Bajardi :MT 206-guruh talabasi Jangiboyeva Aziza

Mavzu: Ôzbekiston Respublikasi Prezidentiningc2018-yil 30-sentabrdagi 5198-sonli qarori.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, tuman (shahar)lar maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ushbu qarorni amalga oshirish xarajatlari uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin;
ushbu qarordan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasining har yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif kiritsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida zarur bo‘lgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarini o‘rnatishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparati Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyda joylashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarini binolar yoki zarur bo‘lgan xonalar bilan ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnalini (keyingi o‘rinlarda — Jurnal deb ataladi) ta’sis etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan ovqatlanish me’yorlarini rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin hamda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yangilangan ovqatlanish me’yorlari va respublikaning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringi joriy etilishini ta’minlasin;
10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni;
Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir oy muddatda:
Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Yüklə 157,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin