1-REJAGA OID TEST Qanday magmatik jinslarda SiO2 — 75 — 65% gacha bo’ladi? Nordon jinslar
O’rta jinslar
Asosli jinslar
O’ta asos jinslar
2-REJA: Metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar
Metamorfizm va metamorfik jinslari. Tog’ jinslarining yuqori harorat, kuchli bosim va gaz hamda erigan komponentlar ta`siridan o’zgarishi metamorfizm deyiladi.
Metamorfizm jarayoni natijasida tog’ jinslarining mineralogik tarkibi, yerning strukturasi va boshqa xususiyatlari o’zgaradi. Cho’kindi va magmatik tog’ jinslari ba`zan metamorfik jinslarning o’zi ham metamorfizmga uchraydi. Bularni metamorflangan jinslar deyiladi.
Metamorfizm yer ichida 5 km. dan 20 km gacha chuqurlikda bo’layotgan fizik—kimyoviy jarayonlarni biz bevosita kuzata olmaymiz, ularni faqat yer betiga ko’tarilib qolgan tog’ jinslarini tekshirish natijasida bilamiz.
M.V.Lomonosov (1711-1965) tabiatdagi umumiy bog’liqlik prinsipiga asoslanib, tog’ jinslarining o’zgarishi butun geologik jarayonning asosi hisoblangan ichki “issiqlik” kuchi ta`sirida ro’y beradi, deb aytgan edi.
Keyinchalik tog’ jinslarining metamorfizmi to’g’risida A.A.Inostransev (1877), I.D.Lukashevich (1909) ajoyib fikrlarni aytdilar. Metamorfizm jarayonini o’rganishga petrologlar A.A.Polkanov, N.A.Eliseev, V.N.Lodochnikov, Y.I.Polovinkina, M.A.Usov, D.V.Korjinskiy va boshqalar salmoqli hissa qo’shdilar.
Chet el geolog olimlardan metamorfizm bilan Sederxolm va uning maktabi, Van-Xayz, U.G.Grubenman, Nigli, Bekke, Xarker va boshqalar shug’ullandilar.
Quyida metamorfizm haqida qabul qilingan ba`zi bir tushunchalar haqida to’xtalib o’tamiz.
Yuqorida biz tog’ jinslarini paydo bo’lgan sharoitiga qarab 3 guruhga bo’lgan edik. Bular magmatik, metamorfik va cho’kindi jinslardir. Oldingi ikki xil tog’ jinsi yer po’stining qotishidan hosil bo’lgan. Ya`ni yer po’stining eng qadimgi jinslari hisoblangan. Arxey erasining metamorfik jinslarini o’rganish shunday xulosaga olib keladi. Bunday tog’ jinslarini batafsil tekshirish natijalari ularni faqat qadimgi jinslardangina emas, balki yosh jinslar orasida ham uchrashini ko’rsatdi, shu bilan birga cho’kindi jinslarni metamorfik jinslarga, metamorfik jinslarni magmatik jinslarga o’tish joylari sinchiklab o’rganildi. Shularga qaramasdan, ko’pchilik metamorfik jinslarning hosil bo’lish sharoiti va yoshi hozirgacha aniqlangan emas. Yer po’stini mukammal tekshirish maqsadida Kola yarim orolidan o’ta chuqur kovlangan burg’u qudug’i 13000 mdan oshdi. Lekin 7 km chuqurlikdan metamorfizmga uchramagan gilning chiqishi yana tekshirishni davom -ettirishni taqozo qildi.
Metamorfizm jarayoni va turlari. Xilma-xil minerallardan tashkil topgan tog’ jinslari ancha uzoq vaqtgacha o’zining dastlabki holatini saqlab qoladi.
Yer po’stining harakatlari natijasida tog’ jinslari fizik — kimyoviy sharoitga uchraydi bunda yuqori bosim, harorat, gaz va suyuqlik holatidagi komponentlarning ta`sirida ularning tarkibidagi minerallar o’zgaradi, yangi xil mineral va tog’ jinslari hosil bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan bu tog’ jinslari bosim va harorat ta`sirida kristallanadi. Yer po’stida bo’ladigan metamorfizm jarayoni quyidagi asosiy tiplarga bo’linadi.