Ушбу “Модда тузилиши” курсидан маърузалар матни асосида тайёрланган ы=ув =ылланмаси кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябр) =ылланишга тавсия этилган


Тayanch iboralar: yadro mexanik momenti, yadro zaryadi, yadro massasi, proton, neytron, kvant sonlari, elektron buluti shakli, YaMR-spektri, EPR-spektri



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə15/23
tarix26.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#135299
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
1-mavzu moddastruk

Тayanch iboralar: yadro mexanik momenti, yadro zaryadi, yadro massasi, proton, neytron, kvant sonlari, elektron buluti shakli, YaMR-spektri, EPR-spektri


moddalarning tashQi energetik ta’sirlar natijasida namoyon Qiladigan xusuiyatlari

Makroskopik sistemalar, ya’ni jismlar qizdirilgan paytda ular faqat issiqliknigina tarqatmasdan undan tashqari yana lyuminessensiya spektri nomi bilan yuritiluvchi yorug’lik energiyasini ham ajratib chiqarishi mumkin. Lyuminessensiyani ro’yobga chiqarish uchun energiya zapasi mazkur temperaturaga mos keluvchi issiqlik zapasidan kattaroq bo’lgan tashqi energiya manba bilan lyuminessensiyalana oluvchi jismga ta’sir qilish kerak.


Тashqi energetik ta’sir quyidagilardan birortasi bo’lishi mumkin:
1.Ionlar turtkisi vositasida energiya berish.
2.Mexanik ta’sir qilish yo’li bilan energiya berish.
3.Elektronlar turtkisi vositasida energiya berish.
4.Rentgen nurlari va radiatsiyadan foydalanib energiya berish.
5.Yorug’lik bilan ta’sir qilib energiya berish.
6.Kimyoviy hodisalar tufayli energiya berish.
7.Elektr hodisalari vaqtida chiqadigan energiyadan foydalanish.
Lyuminessensiyaning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, sistemaga energiya berish bilan (ayniqsa nooptik qo’zg’atish hollarida) uning nur chiqarishi boshlanguncha qandaydir oraliq hodisalar amalga oshishidir, ro’y berishidir.
Nur chiqarishning davomiyligi nuqtai nazaridan flyuoressensiya-qisqa davr mobaynida nurlanish va fosforessensiya-uzoq davom etuvchi nurlanish.
Nur chiqarish vaqtida ro’y beradigan elementar jarayonlarning mexanizmiga asoslangan va eng ratsional klassifikatsiya Vavilov tomonidan berilgan edi.
1.Тo’satdan (spontan) nurlanish (lyuminessensiyalanish)
2.Majburiy nurlanish.
3.Rekombinatsion nurlanish.
4.Rezonans nurlanish.
1.Favqulotda (to’satdan) nurlanishdan avval aksariyat hollarda nur chiqarmaydigan o’tish ro’y beradi, so’ngra bu energetik pog’onadan nurlanish ro’y beradi. Lyuminessensiyaning bu turi bug’ holda turgan yoki erigan holda bo’lgan murakkab molekulali moddalarga xosdir (1 hol).

2.Majburiy o’tish vaqtida modda tashqaridan energiya qabul qilganidan keyin o’z-o’zicha metastabil (beqaror) holga o’tadi. Metastabil holatda turgan bunday sistemaga qo’shimcha tebranma energiya berilsa (bu energiya lyaminoforning ichki energiyasi hisobiga yoki yorug’likning infraqizil sohasidagi kvantni tashqaridan berish hisobiga) u nurlanish pog’onasiga o’tadi va lyuminessensiya spektrini chiqaradi (2 hol).

3.Rezonans o’tish (lyuminessensiyalanish). Metall atomlarining bug’larida va oddiy molekulali (ba’zan molekula murakkab bo’lishi ham mumkin) moddalarda kuzatiladi. Nurlanish spontan xarakterga ega bo’ladi va energiya qabul qilib ko’tarilgan sohadan qaytish hisobiga ro’y beradi (3 hol).

4.Rekombinatsion nurlanish. Qo’zg’algan holga o’tkazuvchi energiyani qabul qilish natijasida hosil bo’lgan zarrachalarning qayta qo’shilishi (tiklanishi, rekombinatsiyalanishi) natijasida chiqadigan nurga rekombinatsion nurlanish deyiladi.

Murakkab molekula energiyasi bog’lar va energetik pog’onalar o’rtasida uzluksiz ravishda qayta taqsimlana-turadigan statistik sistemadir. Тebranma pog’onalarning o’zaro kuchli ta’sirlashuvi natijasida energetik pog’onalarning surkalganday bo’lishi (har xil tomonga siljishi) va yuqori darajada angarmonikligi kuzatiladi. Shu sababdan lyuminessensiya spektri butkul uzluksiz ko’rinishga ega bo’ladi. Lyuminessension nurning kvantlari qo’zg’atuvchi nurnikidan kichik ham, katta ham bo’lishi mumkin.
Stoks chiziqlarining paydo bo’lishi berilayotgan energiyaning bir qismini issiqlikka aylanishi bilan tushintiriladi. Qo’zg’algan molekula o’z energiyasining bir qismini issiqlik sifatida atrofga tarqatib pastroq pog’onaga o’tadi va u yerdan nur chiqarib asosiy (normal) holatga o’tadi.

Antistoks chiziqlarining paydo bo’lishi issiqlik energiyasini qamrab olish natijasida molekulani yuqoriroq energetik pog’onaga o’tib so’ngra u yerdan lyuminessensiya spektrini chiqishining natijasidir. Lyuminessensiya spektrini paydo bo’lishini ahamiyati juda katta. Svetotexnikada bunday moddalar lyuminoforlar sifatida qo’llaniladi. Lyuminessensiyani borgan sari ko’proq darajada materiallarni yorug’lik ta’siridan saqlashda qo’llanilmoqda.


Тayanch iboralar: lyuminessensiya, lyuminessensiya spektri, lyuminofor, tashqi energetik ta’sir, flyuressensiya, fosforessensiya, to’satdan nurlanish, majburiy nurlanish, rekombinatsion nurlanish, rezonans nurlanish, stoks, antistoks



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin