2. Suyuq holat. Bu oraliq holatdir. Past temperaturalarda ya’ni suyuqlanish temperaturasiga yaqin hollarda suyuqliklarning xossalari qattiq holat xossalariga yaqin bo’ladi (tartiblilik, zichlik, elektr o’tkazuvchanlik, siqiluvchanlik). Qaynash temperaturasi yaqinida suyuqliklar bug’larga o’xshaydi. Suyuqliklarda metallardagi muvozanat holati yaqinidagi tebranma harakat modda zarrachalarining translyatsion (sakrab bo’sh joyga o’tish) harakat bilan almashadi. Ozod yo’l uzunligi molekula o’lchami (diametri) ga teng. Ozod yo’l uzunligi effektiv gazokinetik ko’tarilishi bilan kattalashib boradi.
Suyuqliklar uchun kritik temperatura xos. Kritik temperatura deb, shunday temperaturaga aytiladiki, ТТk bo’lganda moddani hech qanday bosim ostida suyuq holatga o’tkazib bo’lmaydi. ТТk bo’lganda moddaning suyuq holati bilan bug’ (gaz) holati o’rtasidagi chegara yo’qolib, u bir fazali sistemaga aylanadi.
Т<Тk bo’lgan hollar uchun suyuqliklar siqiluvchanlik xossasiga ega. U adiabatik va izotermik bo’lishi mumkin.
s-adiabatik , u-izotermik siqiluvchanlik.
Adiabatik siqilish paytida entropiya o’zgarmaydi, chunki sistemaning konfiguratsiyasi o’zgarmay qoladi. Siqilish faqat masofalar kamayishi hisobiga ro’y beradi. Izotermik siqiluvchanlik u>s chunki bu holda zarrachalarning holati o’zgarishi imkoniyati ham mavjud.
3. Gaz holati. Gaz holat eng oddiy holat bo’lib, Mendeleev-Klapeyron tenglamasi uning holat tenglamasidir. Real sistemalar uchun pvqnRT o’rniga (pQ )(v-v)qnRT (Van-der-Vaals) tenglamasidan foydalanamiz. -ichki bosim deyiladi, v-esa molekulalarning xususiy hajmi vo bilan vq4NAVo ifodasi orqali bog’langan.
4. Plazma holati. Plazma holat moddaning juda yuqori temperatura uchun xos bo’lgan holatidir. Тermoyadro reaksiyalari modda plazma holatda turgandagina ro’y beradi.