Ushbu o‟quv-uslubiy majmua O‟zbekiston Respublikasi oo‟mtv



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix08.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Ushbu o quv-uslubiy majmua O zbekiston Respublikasi oo mtv

2-sinf 
MAVZU: Gap (gap asosini aniqlash). 
Darsning maqsadi:
1. O‟quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (egani) va u haqda 
nima deyilganini bildirgan so‟zni (kesimni) gapdan topish ko‟nikmasini 
shakllantirish. 
2. Nutqdan gapni ajratish ko‟nikmasini o‟stirish. 
3. O‟quvchilarni o‟z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o‟rgatish. 
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars 
Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi 


DARSNING BORISHI: 
1. Uy vazifasi tekshiriladi. 
2. “Gap” mavzusi esga tushiriladi. 
O‟quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar havola qilinadi: 
1. O’qituvchi bolalarni o’qitadi.
2. Kuzda har xil mevalar pishadi.
3. Tikuvchi kiyimlarni tikadi.
 
4. O’quvchilar kitoblarni sevib o’qiydilar. 
– Gap nimalardan tashkil topadi? 
– Og‟zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz? 
– Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi? 
O‟qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so‟ng, o‟quvchilar javobini 
umumlashtiradi: 
– Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi. Gap oxiriga uning mazmuniga 
qarab nuqta, so’roq va undov belgisi qo’yiladi. Gap so’zlardan tuzilib, uning 
birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi. 
3. O‟qituvchi o‟quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har bir gap quyidagicha 
tahlil qilinadi: 
– Birinchi gapda kim haqida aytilgan? 
“O’qituvchi” so‟ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq 
chizamiz (O‟qituvchi jadvalga chizadi). 
– O‟qituvchi haqida nima deyilgan? 
“O’qitadi” so‟ziga savol bering (Nima qiladi?). Uning tagiga ikki chiziq 
chizamiz (O‟qituvchi jadvalga chizadi). 
– Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so‟z bildiryapti? (Mevalar) Bu 
so‟zga savol bering (Nimalar?). Tagiga chizamiz. 
– Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi. 
Shu tariqa keyingi gaplar ham tahlil qilinadi. Shundan so‟ng o‟qituvchi tagiga 
chizilgan so‟zlar gapning asosiy mazmunini bildirishini, yana shunday so‟zlar 
ishtirokisiz gap hosil bo‟lmasligini, agar gapning asosini bildiruvchi so‟zlardan 
loaqal bittasi ham gapda ishtirok etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay 
qolishi yoki noaniq bo‟lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan 
ko‟rsatiladi. Masalan, “O’quvchilar maktabga boradilar” gapida gapning 
asoslaridan biri – “o‟quvchilar” so‟zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo‟lib qoladi, 
o‟quvchilar haqida nima deyilgan so‟z (boradilar) tushib qolsa, gap mazmun 
ifodalamaydi. 
Darslikdagi qoida o‟qitiladi. 
4. Darslik bilan ishlash. 261-mashq yozma bajariladi. O‟quvchilar matnda 
nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini o‟qituvchi yordamida 
topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262-mashq yuqoridagi mashq asosida 
o‟quvchilar tomonidan mustaqil bajariladi (Bunda o‟quvchilar ushbu mashqni 
maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o‟qituvchiga topshiradilar). 
5. Jadval asosida og‟zaki mashq. 
Kim?  bemorlarni davolaydi.
Nima? sichqonlarni tutadi. 


Nima? yuk tashiydi. 
O‟qituvchi gapdagi so‟roqlar o‟rniga qo‟yish uchun kerakli bo‟lgan 
so‟zlarning rasmlarini ko‟rsatadi (shifokor, mushuk, tuya). O‟quvchilar tayanch 
so‟zlar yordamida gaplarni o‟qiydilar va gaplar og‟zaki tahlil qilinadi. 
6. Taxminiy tayyorgarlik ko‟rib, bog‟lanishli gap tuzish va uni yozish. 
Texnik vosita orqali “Bog‟bonlarga yordam” lavhalari ko‟rsatiladi va hikoya 
yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so‟zni takroriy ishlatishning oldini olish 
uchun ma‟nosi yaqin so‟zlardan foydalanish tushuntiriladi (masalan: bolalar, 
qizlar, o’quvchilar, o’rtoqlar). Bu so‟zlar xattaxtaga yozib qo‟yiladi. 
7. Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O‟qituvchi uyga vazifani qanday 
bajarishni tushuntiradi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin