Ushbu o‟quv-uslubiy majmua O‟zbekiston Respublikasi oo‟mtv



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix08.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120645
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Ushbu o quv-uslubiy majmua O zbekiston Respublikasi oo mtv

Savol va topshiriqlar: 
1.Imlo qoidalari qaysi tamoyillar asosida ishlab chiqiladi? 
2. Boshlang„ich sinflarda qaysi grammatik mavzular o„quvchilarda imloviy 
savodxonlikni shakllantiradi? 
3. Ona tili dastur talablariga ko„ra qaysi imlo qoidalarini o„quvchilar amaliy 
o„zlashtirishlari kerak? 
4. Imloviy savodxonlikni shakllantirishning ta‟limiy va amaliy ahamiyati nimada? 
5.Imloga o„rgatishda qaysi metodlarni samarali deb hisoblaysiz? 
3-MAVZU: Ona tilidan bilim, ko„nikma va malakalarni 
tеkshirish
REJA: 
1. Ona tilidan bilim, ko„nikma va malakalarni tеkshirish. 
2. To„rt yillik boshlang„ich ta‟lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma.
Tayanch so‟z va atamalar: boshlang„ich sinf, ona tili, bilim, ko„nikma, 
malaka, tеkshirish, ona tili darslari, darsga umumiy tavsifnoma, ona tili 
darslarining turlari va qurilishi, bilimlarni o‟zlashtirish. 
Bilimlarni o‟zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o‟quvchilar 
qanday o‟zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. 
Tekshirish o‟quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan 
qanchalik 
foydalanishini aniqlashni ta‟minlaydi. Bu, o‟z navbatida, 


o‟quvchilarning yangi materialni o‟rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, 
qo‟llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlariga 
ayrim o‟zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o‟quvchilar uchun, 
birinchidan, to‟g‟ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, 
ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o‟z-o‟zini tekshirishni o‟stiradi. 
Maktab tajribasida tekshirish og‟zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; 
bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi. 
Boshlang‟ich sinflarda ona tilidan bilim, ko‟nikma, malakalar og‟zaki va 
yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo‟yiladi. Bunda o‟quvchilarning 
grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so‟zni va gapni tahlil qila olishlari
bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. 
O‟quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi. 
O‟qituvchi 1-sinfda o‟quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni 
tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o‟rganilgan davrdagi yozma ishlarni 
tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi. 
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, 
grammatik, so‟z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish
tekshiruv ko‟chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir 
chorakda bir marta tekshiruv ishi o‟tkaziladi. Bulardan tashqari, o‟quv yili 
davomida bir necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, 
bayon va insho o‟tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo‟lishi 
mumkin: 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 
4-sinf 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin