III.Yangi mavzu bayoni:
Reja
1.Ildizning turlari (asosiy, yon va qo’shimcha ildizlar).
2 .Ildizning tizimlari (uq ildiz va popuk ildiz).
3.Ildiz ahamiyati (o’simlikning boshqa organlari uchun va o’zi uchun ).
Ildiz yuksak o‘simliklaming vegetativ organi bo‘lib, o‘simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlami shimadi va o‘simlikning yer usti qismiga yetkazib beradi. Ildiz novdadan farq qilib, barg hosil qilmaydi. Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga bo‘linadi. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosita o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha ildizlar poyadan, bargdan hosil bo‘ladi. Yon ildizlar asosiy va qo‘shimcha ildizdan hosil bo‘ladi
.
Bir tup o‘simlikdagi ildizlar yig‘indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o‘lchami va tuzilishi o‘simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo‘shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog‘liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko‘ra: o‘q ildiz va popuk ildizga bo‘linadi (16-rasm). Murtakdagi boshlang‘ich ildiz rivojlanishda davom etsa, undan yon ildizlar o‘sib chiqadi, natijada o‘q ildiz tizimi hosil bo‘ladi. Bunday moslashish ko‘pchilik ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos.
0‘q ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo‘- lib, undan yon ildizlar о‘sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos bo‘lib, uni do‘lana, terak, saksovul, na’matak, g‘o‘za, qovun, tarvuz, no‘xat, loviya va mosh kabilar misolida ko‘rish mumkin.
Agar murtakdagi boshlang‘ich ildiz o‘sishda davom etmasa, u holda boshlang‘ich poyadan qo‘shimcha ildizlar о‘sib chiqadi. Natijada popuk ildiz tizimi hosil bo‘ladi.
Popuk ildiz tizimi mayda qo‘shimcha va yon ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi. Bunday ildizlar, asosan, bir urug‘pallali o‘simliklarda uchraydi (bug‘doy, makkajo‘xori, arpa). Demak, ildizlar kelib chiqishiga ko‘ra, asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga bo‘linadi.
Shuningdek,vapopuk ildiz tizimlari ajratiladi.
Ildizning ahamiyati judakatta bo’lib o’simlikning boshqa organlariga tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni shimib olib o’simlikning boshqa organlariga poya orqali yetkazib beradi. Bundan tashqari o’simlikning vegetative ko’payishda ham juda katta ahamiyatga egadur , shu sababli o’simlikning boshqa organlari va o’simlikning o’zi uchun ham boshqa organlarga nisbatan muhum ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |