KENG QAMROVLI RADIOKANALLARNI ISHLATUVCHI LOKAL TARMOQLQRNING XUXUSIYATLARI
Lokal tarmoqda ishlatiladigan aloqa kanali hisoblash tarmog'ining tuzilmasi arxitetturasiga sezilarli darajada ta’sir ko'rsatadi. Tarmoqda keng qamrovli radio kanallardan foydalanish quyidagilarni ta’minlaydi:
tarmoqda abonentlar joylashishining invariantlik paketlarni uzatishda rusrat etilgan kuchlanishlar bo'lganda, kanalning o'tkazuvchanlik qobiliyati maksimal darajada ishlash.
Ilk bor keng qamrovli radiokanallar ALOHA nomli (sputnik) yo'ldosh lokal tarmo'g'ida ishlatilgan. Eksperemental LHT keng qamrovli UQT (ultra qisqa to'lqin) radio kanali asosida bo'lib, 78 kbit/s tezlikda ma’lumotlarni uzatishni taminlaydi va ko'p parametrli ma’lumotlarni tashkil qilishga mo'ljallangan. U 15 km uzoqlikda joylashgan axborot va hisoblash resurslariga tezkor murojaat etishni taminlaydi. Lokal tarmoq qator EHM M-4030 o'rta sinfiga mansub bo'lgan mashinalari tashkil etadi. Bu tarmoqda har bir abonent standart F1 chastotada yo'naltirilgan antennalar orqali retronslyator bilan bog'lanishi mumkin. Retranslyator F1 tashuvchi chastotada chastotaviy modulatsiyalashgan signallarni qabul qiladi, ularni retransliyatsiya qiladi va F2 tashuvchi chastotada chastotaviy modulyatsiyalshgan signallar yordamida uzatadi.
Retranslyator har bir abonentning o'zi yuborgan ma’lumotlarni vaqt bo'yicha kechikish bilan eshitish imkonini beradi. Retranslyator uzatilayotgan kanalda yoki boshqa abonentlarning paketlari bilan aralash sababli vujudga kelgan xatolikni aniqlaydi. Har bir abonent har bir uzatishlarni eshtishi mumkin, ammo faqat uning manziliga kelgan paketlarni qabul qilishi mumkin. Ma’lumotlarni uzatishdan avval abonent F2 tashuvchi chastota detektori holatini tekshirib kanal bo'shligini aniqlaydi. Agar kanal bo'sh bo'lsa, abonent paketni uzatadi, aks holda abonent kanal bo'shagunicha kutadi. Vaqtning chegaralanganligi sababli bir abonent uzatish vaqtidan toki F0 tashuvchi chastota F2 indikatsiya paydo bo'lgunicha bir vaqtning o'zida paketlar uzatayotgan abonentlar bo'lishi mumkin. Bu holda barcha abonentlar uzatishni to'xtatadi va qandaydir vaqt kutishidan so'ng faqat bitta abonent uzatishni boshlaydi. Chastotaviy modulyatsiyalangan radio kanallarni ishlatish EHM bilan bog'lanish uchun qo'shimcha retranslyator, tor yo'naltirilgan antennalar va ma’lumotlar uzatish qurilmalarini ishlab chiqarishga extiyoj paydo bo'ldi.