LOKAL TARMOQLARNING (LT) O’ZARO BOG’LANISHI.
LT lar texnikasi rivojlanishining keyingi boshqichi bir qancha turga mansub yoki turli xil LT larni yagona katta tarmoqqa birlashtirish orqali tarmoqlarni tashkil etishdir. Turli LT larni o'zaro bog'lanishni taqsimlangan resurslarni yanada unumliroq ishlatishga imkon yaratadi. Bunday bog'langan tarmoqlarda nazorat o'lchov jihozlar PK-EHM va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari kabi turli qirilmalar o'zaro bog'lanadi.
LT larni o'zaro boshlashda shlyuz deb nomlanuvchi tarmoqlar aro bog'lovchi tizimlar ishlatiladi. LT har bir turi uchun alohida protokol darjalari mavjudligi sababli turli LT lar uchun turli tarmoqlar aro bog'lovchi shlyuz tizimlari kerak bo'ladi. Shlyuz turlari:
- MU protokoli va vositalarini o'zgartiruvchi shlyuzlar;
- mashinaviy ko'prik deb nomlanuvchi shlyuzlar.
Mashinaviy ko'prik yoki ko'prik shlyuz deb bir turga mansub LT ta’minlab (masofadan yoki lokal) turgan shlyuz turiga aytiladi. Ko'priksimon shlyuz uzaytirgich kabi bo'lib uzatmalar tuzilmaviy bir xil bo'lib, tarmoq uzunligi va sig'imini oshiradi. Tarmoqlar bir xil bo'lganligi sababli protokollarni o'zgartirilishi talab etilmaydi. Ko'priksimon shlyuzlar qayta ishlash chastotasi LT chastotasiga yaqin chastotada ishlashi kerak. Ko'prik oraliq to'plovchi va uzatuvchi tizim bo'lib, bir biridan 2,5 km uzoqlikda bo'lgan alohida bo'lgan LT larni ulash mumkin. Shlyuz ikkita LT ning bog'lanishini taminlaydi. Bu ikkita LT MU vositasi va usullari, chiziqli signallari turli, ammo bir xil bog'lovchi (aloqa) protokolarini ishlatadi.
MU protokollar darajasida o'zgartiruvchi shlyuzlar, turli vositalarga va bog'lovchi protokolli MU larga ega. LT larni bog'lashda imkon yaratadi. Bunday shlyuzlar kamida beshta protokolli darajalar (1 dan 520) o'zaro o'zgartirish mumkin. Protokollarni umumli, qayta ishlash va o'zgartirish uchun maxsus bog'lovchi protsessorlar asosida yaratilgan shlyuzlar ishlatiladi. Bunday shlyuzlar xisobiga hujjatlar formati, muayyan nomlanishga ega bo'lgan o'zgartirishlarni amalga oshirish mumkin. Bunday o'zgartirishlar xisobiga elektron pochta orqali uzatilayotgan xujjatlarni osonlik bilan tekst va grafikli protsessor yordamida qayta ishlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |