Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomida ilgari tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining filiallari, shuningdek, unitar korxona shaklida boshqa sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomlari mustasno.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165modda)
14-modda. Sug‘urtalovchining firma nomini, tashkiliy-huquqiy shaklini yoki joylashgan manzilini o‘zgartirish
Sug‘urtalovchining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan manzili o‘zgargan taqdirda sug‘urtalovchi bu haqda sug‘urta qildiruvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali, o‘z ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha esa yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga yoxud hayotni sug‘urta qilish sohasida, yoxud umumiy sug‘urta sohasida, yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqli emas.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010yil 16-dekabrdagi O‘RQ-267-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2010y., 50-son, 471-modda) Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.