Uz Sugurta Umid doc


-modda. Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishi to‘xtatib turilishining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə101/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

16-modda. Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishi to‘xtatib turilishining o‘ziga xos xususiyatlari


Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to‘xtatib turilishi uning yangi sug‘urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan, amaldagi sug‘urta shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Bunda sug‘urtalovchi ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir.

17-modda. Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishi tugatilishining o‘ziga xos xususiyatlari


Litsenziyaning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etishi shart.
Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud qaror chiqargunga qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat organiga hamda sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining arizasi yo‘llangan sudga taqdim etiladi.
Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bilan bog‘liq hollar bundan mustasnodir.
Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari sug‘urtalovchining arizasiga binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, shuningdek, uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin