Ko‘rsatkichlar
|
O‘lchov birligi
|
Miqdor
|
1
|
Sug‘urta polislari soni
|
dona
|
1247596
|
2
|
Sug‘urta mukofotlari
|
mlrd so‘m
|
31,8
|
3
|
Sug‘urta summasi
|
trln so‘m
|
5,83
|
4
|
Qanoatlantirilgan sug‘urta da’volari soni
|
birlik
|
5050
|
5
|
Qanoatlantirilgan sug‘urta da’volari summasi
|
mlrd so‘m
|
5,44
|
6
|
Taqdim etilgan siylovlar summasi
|
mln so‘m
|
346,9
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tahlil etilayotgan davrda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha jami 31,8 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari kelib tushgan. Agar 2010-yilda respublikamiz sug‘urta bozori bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari summasi jami 175,0 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning yalpi mukofotdagi ulushi 18,2 foizni tashkil etganligiga guvoh bo‘lamiz. Qizig‘i shundaki, 2009-yilda bu ko‘rsatkich 21,8 foizni tashkil etgan. 2010-yilda jami sug‘urta mukofotlari tarkibida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha ulushning 2009-yilga nisbatan kamayganligiga sabab shuki, birinchidan, 2010-yilda bozor bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining o‘sish sur’atlari 2009-yilning o‘sish sur’atlaridan ortda qoldi. Qolaversa, 2009-yilda majburiy sug‘urtani amalga oshirish 2010-yilga nisbatan faolroq bo‘lgan.
2010-yil yakunlari bo‘yicha transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qanoatlantirilgan sug‘urta da’volari soni 5050 tani tashkil etib, ular bo‘yicha jabr ko‘rgan shaxslarga 5,44 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalari to‘langan.
4-jadval 2009-2010-yillarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning solishtirma tahlili1
Dostları ilə paylaş: |