Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə13/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Ko‘rsatkichlar

2009-yil

2010-yil

Farqi (+,-)

1

Sug‘urta polislari soni

1307242

1247596

-59646

2

Sug‘urta mukofotlari

31,2

31,8

+0,6

3

Sug‘urta summasi

5,6

5,8

+0,2

4

Qanoatlantirilgan sug‘urta da’volari soni

3544

5050

+1506

5

Qanoatlantirilgan sug‘urta da’volari summasi

3,6

5,4

+1,8

6

Taqdim etilgan siylovlar summasi

988,2

346,9

-641,3

Agar biz bu ko‘rsatkichlarni 2009-yilning tegishli ko‘rsatkichlari bilan solishtiradigan bo‘lsak, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashning rivojlanishidagi tendensiyalar namoyon bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan jadvalda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2010-yilda erishilgan natijalar 2009-yilning mos ko‘rsatkichlari bilan solishtirma tahlil etilgan. Eng achinarli jihati shundaki, 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 59646 dona sug‘urta polislari kam sotilgan. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, 2010-yilda transport vositalari soni kamaymagan, ammo sug‘urta polislarini sotish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Shu sababli jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, 2010-yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari miqdorida keskin o‘zgarish kuzatilmagan. Ya’ni 2009-yilda mazkur sug‘urta bo‘yicha jami 31,2 mlrd so‘m sug‘urta mukofotlari to‘plashga erishilgan bo‘lsa, 2010-yilda 31,8 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari to‘plashga erishilgan. O‘sish sur’atlari sug‘urta bozori bo‘yicha yig‘ilgan yalpi sug‘urta mukofotlarining o‘sish sur’atlaridan ancha past. Ammo ma’lumotlarning solishtirma tahlili shuni ko‘rsatayaptiki, 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 1506 dona ko‘p sug‘urta da’volari sug‘urtalovchilar tomonidan qanoatlantirilgan. Qanoatlantirilgan sug‘urta da’volari bo‘yicha jami 5,4 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovlari amalga oshiirilgan. Bu mijozlarning sug‘urta bo‘yicha saviyasi va tushunchasi oshganligi hamda sug‘urta kompaniyalari mijozlarning ishonchini qozonishga harakat qilayotganligini bildiradi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta qildiruvchilar sifatida jismoniy shaxslar bilan bir qatorda yuridik shaxslar ham sug‘urta polislarini sotib olish imkoniyatiga egadirlar. Shu munosabat bilan, bizning nazarimizda, sotilgan sug‘urta polislari va ular bo‘yicha sug‘urtalovchilar hisob raqamiga kelib tushgan sug‘urta mukofotlari hamda sug‘urta summasi va to‘langan sug‘urta qoplamalarini yuridik va jismoniy shaxslar kesimida tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyidagi diagrammada yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha majburiy sug‘urta bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarning solishtirma tahlilini keltiramiz.

(mln so‘m) дона (млн.сўм)

Yuridik shaxlar Юридик шахслар Yuridik shaxlar Жисмоний шахслар

2-diagramma. 2010-yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning yuridik va jismoniy shaxslar kesimida solishtirma tahlili1
Yuqorida keltirilgan diagramma ma’lumotlari shundan dalolat bermoqdaki, 2010 yil yakunlari bo‘yicha transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish yuzasidan mazkur sug‘urtani amalga oshirish huquqiga ega sug‘urtalovchilar tomonidan jami 1247596 dona sug‘urta polislari sotilgan bo‘lsa, ularning 88,3 foizi jismoniy shaxslarga, 11,7 foizi yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan. Agar biz kelib tushgan sug‘urta mukofotlarini yuridik va jismoniy shaxslar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, diagramma ma’lumotlaridan ma’lumki, bunda ham yaqqol ustunlik jismoniy shaxslarga tegishli. Ya’ni 2010-yilda ular tomonidan sug‘urtalovchilarga to‘langan sug‘urta mukofotlari miqdori jami sug‘urta mukofotlarining 78,2 foizini yoki 24,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Diagramma ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2010yilda sug‘urtalovchilar tomonidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha qabul qilib olingan sug‘urta summasi, ya’ni sug‘urta javobgarligi hajmi 5,83 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning roppa-rosa 88,3 foizi yoki 5,15 mlrd so‘mi jismoniy shaxslar – transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qabul qilingan. Diagramma ma’lumotlari asosida shunday xulosa qilish mumkinki, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha ustunlik jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi. Demak, sug‘urtalovchilar jismoniy shaxslar – transport vositalari egalarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga alohida e’tibor qaratganlar.
Biz yuqorida majburiy sug‘urtani amalga oshirish huquqini olish uchun talabgor sug‘urtalovchilar respublikamizning barcha mintaqalarida o‘z filiallariga ega bo‘lishi lozimligi haqida ta’kidlab o‘tgan edik. Shunga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda mavjud bo‘lgan transport vositalarini ham majburiy sug‘urta bilan qamrab olishga harakat qilganlar. Bunga oid statistik ma’lumotlarning tahlili mintaqalar kesimida sug‘urta mukofotlari tushumi turlicha ekanligini ko‘rsatdi. Albatta, bunga bir qator omillar o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Chunonchi, transport vositalarining soni, sug‘urtalovchilarning mijozlarni jalb etish darajasini ta’sir etuvchi omillar sifatida keltirish mumkin. Respublika viloyatlarida majburiy sug‘urta bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlarini tahlil qilish uchun quyidagi jadval ma’lumotlariga murojaat qilamiz.
Jadval ma’lumotlari tahlili asosida, avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, 2010-yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish huquqiga ega sug‘urtalovchilar va ularning joylardagi filiallari hamda bo‘linmalari tomonidan jami 1247596 dona sug‘urta polislari sotilgan. Uning salmoqli qismi, ya’ni 23 foizi Toshkent shahri hududida sotilgan. Bu tushunarli, albatta. Toshkent shahrida respublikamizning boshqa hududlariga qaraganda transport vositalari soni ko‘p. Bundan tashqari, yo‘lovchilarga xizmat qiladigan qator avtobus parklari mavjud.
5-jadval Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sotilgan sug‘urta polislari va kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining hududlararo taqsimlanishi1
(01.01.2011-yil holatiga)


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin