Uz Sugurta Umid doc


Umumiy sug‘urta xizmatlari bozori



Yüklə 2 Mb.
səhifə3/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

1.2. Umumiy sug‘urta xizmatlari bozori


Sug‘urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug‘urta xizmatlari bozori va hayotni sug‘urta qilish bozoriga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta xizmatlari bozori 2002-yilning oxirlariga qadar universal tusga ega bo‘lgan, ya’ni sug‘urta tashkilotlari bir paytning o‘zida ham umumiy ham hayot sug‘urta turlarini amalga oshirib kelgan. 2002-yilning 27-noyabrida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 413-sonli qaroriga asosan «Sug‘urta faoliyati klassifikatori» tasdiqlandi. Unga muvofiq sug‘urta tashkilotlarining faoliyati ikkiga ajratildi: umumiy sug‘urta va hayotni sug‘urta qilish sohasi.

1-jadval Umumiy sug‘urta tarmog‘ining klasslarga bo‘linishi



Klass tartib raqami

Klassning nomi

Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar

I klass

Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish

Quyidagi hollarda:

  1. baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sog‘liqning yomonlashuvi, yoxud;

  2. baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;

v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotish, shu jumladan, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq II klass va IV klass bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini istisno qilgan holda, sug‘urta qilingan shaxsga sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

II klass

Kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish

Sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi to‘lanishini kasallik yoki sog‘liqning izdan chiqishi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug‘urta turlari jami, biroq hayotni sug‘urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo‘yicha shartnomalarni istisno qilgan holda

III klass

Yer usti transport vositalarini sug‘urta qilish

Transport vositalari, o‘ziyurar mashina va mexanizmlar (harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi bundan mustasno), yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

IV klass

Harakatlana- digan temir yo‘l tarkibi-
ni sug‘urta qilish

Harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami




V klass

Aviatsiya sug‘urtasi

Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

VI klass

Dengiz sug‘urtasi

Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

VII klass

Yo‘ldagi molmulkni sug‘urta qilish

Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

VIII klass

Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofat-
lardan sug‘ur- ta qilish

Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yerosti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk (III va VII klasslarda ko‘rsatilganlar bundan mustasno) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

IX klass

Mol-mulkni zarardan sug‘urta
qilish

VIII klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (III va VII klasslarda ko‘rsatilgandan boshqa) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami

X klass

Avtofuqaro- lik javobgar-
ligini sug‘ur- ta qilish

Yer usti transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida (tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi) uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

XI klass

Aviatsiya sug‘urtasi
doirasidagi
javobgarlikni sug‘urta qilish

Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

XII klass

Dengiz sug‘ur- tasi doira-
sida javobgarlikni sug‘urta qilish

Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida (dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi) uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

XIII klass

Umumiy fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish

X, XI va XII klasslarda ko‘rsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo‘lgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

XIV klass

Kreditlarni sug‘urta qilish

Sug‘urta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sug‘urta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

XV klass

Kafillikni
(kafolatlar- ni) sug‘urta qilish

Sug‘urta qildiruvchining o‘ziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini
ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

XVI klass

Boshqa moliya- viy tavakkal- chiliklardan sug‘urta qilish

Quyidagi hollarda:

  1. sug‘urta qildiruvchining biznesi (xo‘jalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xo‘jalik faoliyati) ko‘lami kamayishi natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda;

  2. oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda (XVII klassda ko‘rsatilgandan tashqari);

d) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida ko‘rsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

XVII klass

Huquqiy himoya qilish bilan bog‘liq
xarajatlarni sug‘urta qilish

Sud muhokamasi bilan bog‘liq ko‘rilgan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

Umumiy sug‘urta xizmatlari hayot sug‘urtasidan tashqari barcha sug‘urta xizmat turlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda umumiy sug‘urta xizmatlari bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari «Sug‘urta faoliyati klassifikatori»ning umumiy sug‘urta tarmog‘iga oid barcha sug‘urta klasslari doirasida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatayapti. Umumiy sug‘urta xizmatlari bozorini tavsiflovchi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  • sug‘urta polisining amal qilish muddati bir yildan oshmasligi. Shunday sug‘urta xizmat turlari borki, uning muddati hatto bir soatni tashkil etadi. Masalan, havo yo‘llari orqali yo‘lovchilarni tashishda qo‘llaniladigan yo‘lovchilarning majburiy sug‘urtasida polisning amal qilish muddati uchish va qo‘nish masofasidan kelib chiqqan holda bir soatga teng bo‘lishi mumkin;

  • investitsiyaga yo‘naltirilgan mablag‘larning qisqa muddatli obyektlarga joylashtirilishi.

2013-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston sug‘urta bozorida jami 33 ta sug‘urta tashkiloti faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, uning 31 tasi yoki 93,9 foizi umumiy sug‘urta xizmatlari bozoriga tegishlidir. Umumiy sug‘urta xizmatlari bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan eng yirik sug‘urta tashkilotlari jumlasiga «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi, «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalarini kiritish mumkin.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin