Uz Sugurta Umid doc


milliy sug‘urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati



Yüklə 2 Mb.
səhifə36/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

6.3. «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining

milliy sug‘urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati


O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik sug‘urta kompaniyalari qatoriga «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini ham kiritish mumkin. Mazkur kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-martdagi «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 144-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslariga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
«Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi umumiy sug‘urta tarmog‘ining 17 klassi bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyaga ega.
Kompaniya ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil etilgan va 2013-yilning 1-yanvar holatiga uning ustav kapitali 8,2 mlrd so‘mga teng. Dastlab «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining aksionerlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «Asaka bank» va «Ipak Yo‘li bank»laridan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ular safiga Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Navoiy konmetallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Aloqa bank kabi nufuzli korxona va moliya muassasalari kelib qo‘shildi. Bu o‘z navbatida, kompaniyaning investitsiyaviy nuqtayi nazardan jozibador ekanligini tasdiqlaydi.
«Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi respublikaning turli mintaqalarida keng qamrovli filial va bo‘limlariga ega bo‘lishiga qaramay, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlarida hamda yirik shaharlarida sug‘urta xizmatlarini sotish imkoniyatiga ega bo‘limlar tashkil etish ishini davom ettirmoqda. Jumladan, 2013-yilning 1-yanvar holatiga, kompaniya tizimiga kiruvchi 131 ta mintaqaviy bo‘linmalar, shu jumladan, 15 ta filial, 38 ta bo‘lim va 78 ta agentlik yuridik hamda jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatmoqda. 1000 ga yaqin sug‘urta agentlari korxona, tashkilot va jismoniy shaxslarga sug‘urta mahsulotlarini sotmoqdalar.
Kompaniya o‘z faoliyatini boshlagan davrda, ya’ni 1997-yilda majburiy va ixtiyoriy sug‘urtaning 25 ta turini amalga oshirgan bo‘lsa, 2012-yil oxiriga kelib uning soni 80 taga yaqinlashdi. Keskin raqobat sharoitida kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Kompaniya mamlakat miqyosida sug‘urta mukofotlarini to‘plash bo‘yicha mana o‘n yildirki kuchli beshtalik tarkibidan mustahkam o‘rin egallab kelmoqda.
«Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi majburiy sug‘urtaning aytarli barcha turlarini amalga oshirish huquqiga ega. Ayniqsa, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohalarida kompaniya va uning bo‘linmalari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
«Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urta orqali ko‘pgina xorijiy kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Xususan, «VTA» ESK (Latviya), «Ингосстрах» ochiq aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (Rossiya) bilan qayta sug‘urtalash faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.
Sug‘urta faoliyati bilan bir qatorda «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi investitsiya faoliyatini ham amalga oshirmoqda. Kompaniyaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari qimmatli qog‘ozlarga, bank depozitlariga joylashtirilgan.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin