Uz Sugurta Umid doc


-jadval 2006–2010-yillarda hududiy sug‘urta xizmatlari bozori rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari2



Yüklə 2 Mb.
səhifə39/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

7-jadval 2006–2010-yillarda hududiy sug‘urta xizmatlari bozori rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari2






t/r

Ko‘rsatkichlar

2006

2007

2008

2009

2010




1

Sug‘urta kompaniyalari soni

27

27

31

33

34

2

Hududiy bo‘linmalar soni

410

465

689

817

892

3

Sug‘urta agentlari soni

2872

3384

4999

6909

6700

















Jadval ma’lumotlaridan yaqqol ko‘rinib turibdiki, 2006-2010 yillarda sug‘urta kompaniyalari va ularning hududiy bo‘linmalari sonining muntazam o‘sib borish tendensiyasi kuzatilgan. Chunonchi, 2006-yilda mamlakatimizda jami 27 ta sug‘urta kompaniyasi va ularning 410 ta hududiy bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib ularning soni mos ravishda 34 ta va 892 tani tashkil etgan. Bunga ko‘p jihatdan 2008-yilda joriy etilgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va 2009-yilda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimining amaliyotga tatbiq etilgnaligi ta’sir ko‘rsatdi. Chunki ushbu majburiy sug‘urta turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi asosiy shartlardan biri – sug‘urtalovchining mamlakatimizning barcha hududlarida o‘z filiallariga ega bo‘lishi zarurligining belgilanganligi bo‘ldi.
Tahlil etalayotgan davrda bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan sug‘urta kompaniyalarining hududiy bo‘linmalari soni ham keskin oshganligini ko‘rish mumkin. Masalan, 2006-yilda hududiy bo‘linmalar soni 410 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib ularning soni 892 taga yetgan. Bu holat quyida keltirilgan diagrammada yanada yorqinroq tasvirlangan (5-diagramma).


СуғуртаSug‘urta kompaniyalar soni компаниялари сони ҲудудийHududiy bo бўлинмалар‘linmalar soni сони Sug‘urta agentlari soni Суғурта агентлари сони


5-diagramma. 2006–2010-yillarda hududiy sug‘urta xizmatlari bozori subyektlarining o‘zgarish dinamikasi1
Diagrama ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2010-yilda har bir sug‘urta kompaniyasiga o‘rtacha 26 tadan hududiy bo‘linma to‘g‘ri kelgan. 2006-yilda bu ko‘rsatkich 15 tani tashkil etgan. Ya’ni tahlil etilayotgan yillarda har bir sug‘urta kompaniyasiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hududiy bo‘linmalar sonida ijobiy o‘zgarish yuz bergan.
Agar mamlakatimizning barcha hududlarida mavjud 34 ta sug‘urta kompaniyasidan 9 tasi o‘z filiallariga ega bo‘lsa, har bir sug‘urta kompaniyasiga to‘g‘ri keladigan hududiy bo‘linmalar soni ancha yuqori bo‘lishi oydinlashadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, 2005-yilda O‘zbekiston sug‘urta bozori bo‘yicha to‘plangan yalpi sug‘urta mukofotlari tarkibida Toshkent shahrining ulushi 80 foizdan yuqori bo‘lgan. Ammo yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, sug‘urta bozorini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan davlat dasturlari asosida so‘ngi 5 yil davomida hududiy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish, respublika mintaqalarida sug‘urta kompaniyalarining keng tarmoqlangan bo‘limlarini tashkil etish yuzasidan e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.
Buning natijasida, 2010-yilga kelib O‘zbekiston bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari tarkibida hududlarning ulushi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda quyidagi diagrammada ma’lumotlar keltirilgan.


2006

2007

2008

2009

2010

6-diagramma. 2006–2010-yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozori bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari tarkibida hududlarning ulushi1
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, 2006-yilda O‘zbekiston sug‘urta bozori bo‘yicha to‘plangan yalpi sug‘urta mukofotlari tarkibida hududlarning ulushi 30 foizni tashkil etgan. Agar buni raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak, tahlil etilayotgan davrda yalpi sug‘urta mukofotlari hajmi 49,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning 14,9 mlrd so‘mi mamlakat hududlariga to‘g‘ri kelgan. 2009-yilda jami sug‘urta mukofotlari tarkibida hududlarning ulushi 42,3 foizni yoki 61,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. Ammo diagrammada keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2010-yilda hududlarning sug‘urta mukofotlarini to‘plash bo‘yicha faolligi 2009-yilga nisbatan biroz pasaygan. Ya’ni 2010-yilda hududiy sug‘urta bozorlarida to‘plangan sug‘urta mukofotlari hajmi yalpi sug‘urta mukofotlarining 40 foizini tashkil etgan.
Agar 2010-yilda O‘zbekiston sug‘urta bozori bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlari miqdori 175,0 mlrd so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, uning 40 foizi, ya’ni 70,0 mlrd so‘mi sug‘urta kompaniyalarining hududiy bo‘linmalari (Toshkent shahridan tashqari) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qayd etganimizdek, 2010-yilda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining hududiy bo‘linmalari soni 892 taga yetdi. Agar ularni hududlar kesimida tahlil etadigan bo‘lsak, umumiy holat quyidagi ko‘rinishni oladi (8-jadval).

8-jadval 2006–2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha sug‘urtalovchilar bo‘linmalarining taqsimlanish dinamikasi1




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin