Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə47/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

9.3. Sug‘urtalovchilar faoliyatini litsenziyalashning o‘ziga xos

xususiyatlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yili chop etilgan «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida moliya-bank tizimini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, unda «Jahon iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bankmoliya tizimi faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatdan yaxshilash alohida muhim ahamiyat kasb etadi»,1 deb qayd etib o‘tilgan. Sug‘urta faoliyatini milliy bank-moliya tizimining ajralmas bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilsak, asarda bayon etilgan g‘oyalar sug‘urta tashkilotlari faoliyatini yanada mustahkamlash borasida jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini kun tartibiga qo‘yganligiga guvoh bo‘lamiz.
To‘g‘ri, respublikamizda sug‘urta tashkilotlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishlari uchun ularning mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 15-moddasida sug‘urta faoliyatini litsenziyalash masalalari ko‘rsatib o‘tilgan.2 Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoxud umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlanlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga asosan sug‘urta faoliyati klassifikatori tasdiqlangan. Unda hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 4 ta klassdan, umumiy sug‘urta tarmog‘i 17 ta klassdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan. Quyidagi jadvalda sug‘urta klasslarining mazmuni va ularga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin