Uz Sugurta Umid doc


«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining huquqlarini himoya qilinishining amaldagi holati



Yüklə 2 Mb.
səhifə56/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

11-jadval «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining huquqlarini himoya qilinishining amaldagi holati

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) hamda ishlab chiqaruvchi ( ijrochi, sotuvchi) to‘g‘risida haqiqiy va to‘liq ma’lumotni olish.

Sug‘urta qonunchiligida ochiq ma’lumotlar, jumladan moliyaviy hisobotni e’lon qilish bo‘yicha talab belgilangan. Ammo shartnoma tuzilgunga qadar iste’molchilarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati ko‘rsatilmagan.

Tovarlarni erkin tanlash va sifati

Sug‘urta xizmatining sifati tushunchasi keltirilmagan.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi

Sug‘urta xizmatining xavfsizligi bo‘yicha tushuncha mavjud emas

Sotib olingan tovardagi kamchiliklar, inson hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan tovarlarni sotib olish natijasida iste’molchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarining to‘liq qoplanishi

Sug‘urta xizmati ko‘rsatuvchining harakat qilmasligi natijasida iste’molchiga yetkazilgan zararlar isbotlangan taqdirda qoplanish mumkin.

Qonun bilan himoyalanadigan yoki iste’molchilarning buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun sudga va boshqa vakolatli davlat organlariga murojat qilish

Amalga oshirilgan

Iste’molchilarning jamoat tashkilotlarini tashkil etish

Amalga oshirilmagan

Shunday qilib davlat shartnoma munosabatlarida ishtirok etayotgan tomonlarning tengligini ta’minlaydi. Odatda, shartnoma doirasida zaif tomonga imtiyozli shartlar sug‘urta shartnomasini tuzishda, unga o‘zgartirish kiritish yoki bekor qilishda imtiyozlar berish yo‘li bilan, shuningdek, zaif tomonga qo‘shimcha huquqlar yoki sug‘urtalovchiga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash orqali beriladi. Bundan tashqari, shartnomaviy munosabatdagi kuchli tomonning javobgarligini oshirish usuli bilan ham iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish mumkin.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning asosiy maqsadi sug‘urta mahsuloti iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Sug‘urta nazorati davlat organining barcha faoliyati, ya’ni sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyatini nazorat qilish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Normativhuquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning amalda qo‘llanilishi ustidan nazorat o‘rnatish kabilarni sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining huquq va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishining choralari sifatida qabul qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati Davlat inspeksiyasi sug‘urta mahsuloti iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida quyidagi vakolatlarga ega:

  • sug‘urta munosabatlarida fuqarolarning huquqlari buzilgan taqdirda ularning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish;

  • aholining sug‘urta bo‘yicha axborot bilan ta’minlanganligi va sug‘urta madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda ko‘maklashish;

  • sug‘urtalovchilar faoliyatining ochiq-oydinligini ta’minlash; - sug‘urta bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ko‘maklashish.

O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri vazifasi ekanligi ko‘rsatilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25iyunda tasdiqlangan va vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilingan «2009-yilda O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoltiyatini nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha hisobot»da qayd etilishicha, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan respublika fuqarolarining 46 ta shikoyat xati, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urta masalalari bo‘yicha 100 dan ortiq yozma murojaatlari ko‘rib chiqilgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda ularga javob berilgan.1 Bundan tashqari Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasining mutaxassislari sug‘urta qildiruvchilarning da’volari bo‘yicha sud jarayonlarida mutaxassis sifatida ishtirok etganlar.
Ta’kidlash lozimki, sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining murojaatlari, asosan quyidagi masalalarga taaalluqli bo‘lgan:

  • sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urta qilish qoidalari normalarining sug‘urtalovchilar tomonidan qo‘llanilishining haqqoniyligi;

  • sug‘urtalovchilar bilan bo‘lgan munosabatda yuzaga kelgan alohida savollar bo‘yicha tushuntirishlar berish;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish protsedurasi;

  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha masalalar.

Sug‘urta bo‘yicha aholining savodxonligini va sug‘urta madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan 2010-2011yillarda faol targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi. Xususan, ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta bozorining rivojlanishi bo‘yicha maqolalar e’lon qilindi.
2010-yili Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Natijada Davlat sug‘urta nazoratining potensialini oshirish va sug‘urta bozorini tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan loyiha tayyorlandi va amalga oshirildi. Shuningdek, Yaponiyaning hayot sug‘urtasini rivojlantirish bo‘yicha «FALIA» fondi va hayot sug‘urtasini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda sug‘urtaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha seminarlar tashkil etildi.
Rossiya sug‘urta nazorati Federal xizmatining ma’lumotlariga qaraganda, 2007-yilning birinchi yarim yilligida sug‘urta nazorati organiga kelib tushgan shikoyatlar soni 34 foizga oshgan. Sug‘urta mahsuloti iste’molchilaridan kelib tushgan shikoyatlarning aksariyat qismi, ya’ni 60 foizga yaqini, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishga to‘g‘ri kelgan. Rossiya davlat sug‘urta nazorati organi sobiq rahbari I.Lomakin-Rumyansevning fikricha, sug‘urta qildiruvchilardan kelib tushayotgan shikoyatlar sonining ko‘payishiga asosiy sabab, fuqarolar «qayerga yozishni yaxshi biladi» va shartnomaviy munosabatlarning amalga oshishi bo‘yicha yuzaga kelayotgan ziddiyatlarning oshishidir. Ekspertlarining hisoblashicha, bu fikrga unchalik qo‘shilib bo‘lmaydi. Sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining shikoyatlari sonining ko‘payishi, sug‘urta qildiruvchilarning savodxonlik darajasi va aholi o‘rtasida sug‘urtaning ommalashib borayotganligidan darak beradi.
Sug‘urtalovchilarning xatti-harakatiga nisbatan shikoyatlar sonining oshayotganligi sug‘urta bozorining rivojlanish darajasini va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmining holatini ko‘rsatadi. Majburiy sug‘urta turlarining joriy etilishi munosabati bilan sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining soni va murojaatlarning geografiyasi kengayadi. Bunday sharoitda Sug‘urta nazorati davlat organi resurslarning cheklanganligi sababli, sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri himoya qilishga texnik imkoniyatlari yetarli bo‘lmaydi.
Sug‘urta nazorati davlat organining, bevosita sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini davlat tomonidan himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyati ichida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • sug‘urtalovchi faoliyati ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat nazorati unga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berishda, sug‘urta qonunchiligi hujjatlari buzilgan taqdirda esa, litsenziyani vaqtiincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda amalga oshiriladi;

  • normativ va metodik hujjatlarni qabul qilish yo‘li bilan sug‘urtalovchilar faoliyatini tartibga solish;

  • O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq sug‘urta zaxiralarini joylashtirish, ularning to‘lov qobiliyati va umuman, sug‘urtalovchi ustidan nazorat qilish.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan dunyoning barcha davlatlarida sug‘urta faoliyatini litsenziyalash faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish sifatida qaraladi va bu o‘z navbatida, sug‘urta mahsuloti iste’molchisiga shunday kafolat beradiki, litsenziyalangan tadbirkorlik faoliyati qonuniy yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilayapti va u litsenziyalanayotgan faoliyatga nisbatan qonunchilikda o‘rnatilgan barcha talablarga javob beradi. Sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyatini tartibga solish ham sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Buning sababi shundaki, to‘lov qobiliyati mustahkam bo‘lgandagina sug‘urtalovchi shartnoma bo‘yicha mijoz oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajaradi.
Sug‘urta faoliyatini nazorat qilishning amaldagi mexanizmi, umuman, xalqaro amaliyot talablariga mos keladi. Ammo bu masalada tartibga solishning samaradorligini oshirishning muayyan imkoniyatlari mavjud. Xalqaro amaliyotning ko‘rsatishicha, sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining manafaatlarini himoya qilish bo‘yicha qanchalik himoya mexanizmlari va har xil nazorat choralari qo‘llanilishiga qaramasdan, sug‘urta kompaniyalarining to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan holatlari uchraydi. Holbuki, O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunida moliyaviy xizmatlar ijrochisining iste’molchilar oldida bankrot bo‘lish yoki tugatilish holatidan javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati belgilangan. Ammo mazkur qonunning bu talabi hozircha amalga oshmagan.
Yuqorida qayd etganimizdek, sug‘urtalovchi bankrot bo‘lgan holatlarda sug‘urta qildiruvchilar talablarini qanoatlantirishda ustun huquqqa egadirlar. Shu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, bankrot bo‘lgan sug‘urtalovchining sug‘urta portfelini boshqa sug‘urtalovchiga berish protsedurasi muammoligicha qolmoqda. Vaholanki, xorij tajribasida bunday amaliyot keng qo‘llaniladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin