t/r
|
Mamlakatlar
|
Jami
|
Hayot sug‘urtasi
|
Umumiy sug‘urta
|
1
|
Shveytsariya
|
5740,2
|
3308,6
|
2431,6
|
2
|
Buyuk Britaniya
|
4484,4
|
3190,4
|
1294,0
|
3
|
Irlandiya
|
3921,2
|
2590,7
|
1330,6
|
4
|
Yaponiya
|
3825,4
|
3044,4
|
831,0
|
5
|
AQSh
|
3790,2
|
1718,0
|
2072,2
|
6
|
Daniya
|
3684,8
|
2342,3
|
1342,5
|
7
|
Fransiya
|
3218,7
|
2150,2
|
1058,5
|
8
|
Finlandiya
|
3133,5
|
2461,0
|
672,5
|
9
|
Germaniya
|
2285,2
|
1021,2
|
1264,0
|
10
|
Kanada
|
2206,2
|
926,1
|
1280,1
|
11
|
Gonkong
|
2174,6
|
1835,9
|
338,7
|
12
|
Tayvan
|
1909,0
|
1494,6
|
414,4
|
Darhaqiqat, Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida hayotni sug‘urta qilish nisbatan taraqqiy etgan. Buni quyidagi diagramma ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2008-yili Buyuk Britaniyaning hayotni sug‘urta qilish bozorida ulushi 14 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Buyuk Britaniya dunyoda AQSh va Yaponiyadan keyingi o‘rinda turibdi.
Agar diagramma ma’lumotlariga diqqat bilan e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hayotni sug‘urta qilish Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa davlatlarda ham yuqori darajada rivojlanganligini ko‘ramiz. Masalan, Fransiya davlatining hayotni sug‘urta qilish bozoridagi ulushi 7 foizni tashkil etgan. Germaniyada esa bu ko‘rsatkich 5 foizga teng bo‘lgan.
1
7-diagramma. Jahon miqyosida hayotni sug‘urta qilish bozorida ayrim davlatlarning ulushi1
Sug‘urta kompaniyalari vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘larni, asosan sanoat, transport, savdo va boshqa aksiyadorlik kompaniyalarni rivojlanishiga yo‘naltiradilar, 2004-yil ma’lumotlariga qaraganda Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari London Fond birjasida ro‘yxatga olingan jami aksiyadorlik kompaniyalarining 22 foiz aksiyalarini sotib olgan. Sug‘urtalovchilarning o‘z mablag‘larini bu investitsiya obyektiga katta miqdorda sarf etishini shu bilan tushuntirish mumkinki, aksiyalar yuqori darajada foyda keltiradilar hamda sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik kompaniyasining yirik miqdordagi aksiyasini sotib olib, ushbu kompaniya ustidan nazorat o‘rnatishi mumkin. Ammo shu bilan bir qatorda, aksiyaning kursi pasayib ketishi bilan sug‘urta kompaniyalari katta zarar ko‘rishi mumkin.
Shuni ta’kidlash zarurki, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulot tarkibida ham sug‘urta mukofotlarining ulushi yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Bu haqda quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ham bilib olish mumkin.
1
Dostları ilə paylaş: |