Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə67/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Nazorat uchun savollar



  1. «Xalqaro sug‘urta bozori» tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Xalqaro sug‘urta bozorining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?

  3. Xalqaro sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan eng yirik 20 ta sug‘urta kompaniyasining faoliyati haqida so‘zlab bering.

  4. Xalqaro sug‘urta bozorining rivojlanish darajasining asosiy ko‘rsatkichlarini izohlab bering.

  5. Xalqaro sug‘urta bozorida Yevropa sug‘urta bozorining o‘rni qanday?

  6. Xalqaro sug‘urta bozorining ravnaq topishida Buyuk Britaniya sug‘urta bozori qanday rol o‘ynaydi?

  7. Xalqaro sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan eng yirik 10 ta qayta sug‘urta kompaniyasi faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  8. Germaniyada sug‘urta biznesining rivojlanishi va uning xalqaro sug‘urta bozoriga ta’siri haqida gapirib bering.

  9. Xalqaro sug‘urta bozorini tartibga soluvchi asosiy tashkilotlarni sanab bering.

  10. Sug‘urta nazoratchilari xalqaro assotsiatsiyasi qachon tuzilgan va uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug‘urta nazoratchilarining xalqaro assotsiatsiyasiga qachon a’zo bo‘lgan?

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 52-bob. Sug‘urta

914-modda. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta


Sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urta tashkiloti (sug‘urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sug‘urta qilish (majburiy sug‘urta) majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sug‘urta ushbu bobning qoidalariga muvofiq shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi bilan sug‘urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.
Qonunda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy sug‘urta qilish hollari (davlat majburiy sug‘urtasi) nazarda tutilishi mumkin.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin