Uz Sugurta Umid doc


-modda. Majburiy sug‘urta



Yüklə 2 Mb.
səhifə71/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

922-modda. Majburiy sug‘urta


Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin:

Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin.
Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘lig‘ini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli molmulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Mol-mulkni sug‘urta qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sug‘urta ushbu moddaning ma’nosi jihatidan majburiy hisoblanmaydi va ushbu kodeksning 924moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

923-modda. Majburiy sug‘urtani amalga oshirish


Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi.
Majburiy sug‘urta sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar, ular sug‘urtalanishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin