950-modda. Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishi
Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar sug‘urta shartnomasi tuzilganida manfaati nazarda tutilgan shaxsdan boshqa shaxsga o‘tganida ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar mol-mulkka bo‘lgan huquq qaysi shaxsga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga o‘tadi, ushbu kodeksning 197- va 199-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha molmulkning majburiy olib qo‘yilishi hollari bundan mustasno.
Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar o‘ziga o‘tgan shaxs bu haqda sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
951-modda. Sug‘urta hodisasi yuz bergani to‘g‘risida sug‘urtalovchini xabardor qilish
Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz bergani o‘ziga ma’lum bo‘lganidan keyin bu haqda darhol sug‘urtalovchini yoki uning vakilini xabardor qilishi shart. Agar shartnomada xabar qilish muddati va (yoki) usuli nazarda tutilgan bo‘lsa, bu shartlashilgan muddatda va shartnomada ko‘rsatilgan usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqdan foydalanish niyatida bo‘lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning bajarilmasligi sug‘urtalovchiga, agar sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganini o‘z vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sug‘urtalovchida ma’lumotlar yo‘qligi uning sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ta’sir etmasligi isbotlanmasa, sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish huquqini beradi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar sug‘urtalangan shaxsning vafoti yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi sug‘urta hodisasi bo‘lsa, tegishli suratda shaxsiy sug‘urta shartnomasiga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda sug‘urtalovchini xabardor qilishning shartnomada belgilanadigan muddati yigirma kundan kam bo‘lishi mumkin emas.
952-modda. Sug‘urta hodisasidan ko‘riladigan zararni kamay-