Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə83/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

tirish


Mulkiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganida, sug‘urta qildiruvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun oqilona va mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishi shart. Sug‘urta qildiruvchi bunday choralarni ko‘rar ekan, agar o‘ziga ma’lum qilingan bo‘lsa, sug‘urtalovchining ko‘rsatmalariga amal qilishi lozim.
Zararni kamaytirish maqsadida qilingan, sug‘urtalovchi qoplashi lozim bo‘lgan xarajatlar, agar bunday xarajatlar zarur bo‘lgan bo‘lsa yoki sug‘urtalovchining ko‘rsatmalarini bajarish uchun qilingan bo‘lsa, tegishli choralar foydasiz bo‘lib chiqsa ham, sug‘urtalovchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday xarajatlar sug‘urta summasining sug‘urta qiymatiga nisbatiga mutanosib ravishda, boshqa zararlarni qoplash bilan birgalikda ular sug‘urta pulidan oshib ketishi mumkinligidan qat’i nazar, qoplanadi.
Sug‘urta qiluvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun qasddan choralar ko‘rmagani oqibatida ko‘rilgan zararni qoplashdan sug‘urtalovchi ozod qilinadi.

953-modda. Sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning aybi bilan sug‘urta hodisasi yuz berishining oqibatlari


Agar sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilinadi, qasddan qilingan harakatlar ular tomonidan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, shuningdek, ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sodir etilishi bundan mustasno.
Qonunda sug‘urta hodisasi sug‘urta qiluvchining yoki naf oluvchining qo‘pol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sug‘urtalovchini mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilish yoki tovon miqdorini kamaytirish hollari nazarda tutilishi mumkin.
Sug‘urtalovchi sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashdan, agar zarar sug‘urtalanuvchi uchun javobgar shaxsning aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa, ozod qilinmaydi.
Sug‘urtalovchi shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta pulini to‘lashdan, agar uning vafoti o‘z joniga qasd qilish oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa va bu vaqtgacha sug‘urta shartnomasi kamida ikki yil amal qilgan bo‘lsa, ozod qilinmaydi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin