Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə90/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

7-modda. Sug‘urta brokeri


Sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir.
Sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)

8-modda. Qayta sug‘urta brokeri


O‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Qayta sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Qayta sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)

81-modda. Sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlari


Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha
vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish; sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda,
sug‘urtalovchini tanlash;
(81-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miq-
dorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek, sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish; ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi; sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra taqdim etishi;
(81-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumot-
larni oshkor qilmasligi.
(81-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat
organining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan yeri o‘zgargan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organini va sug‘urtalovchilarni xabardor qilishi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart;
(81-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi va ettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni bilan kiritilgan – O‘R QHT, 2007-y., 37-38son, 376-modda)

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin