2-jadval 2003-2008-yillarda O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari kapitalizatsiya darajasidagi o‘zgarishlar dinamikasi
Faoliyat turi
2003-yil 1-avgustdan
2008-yil 1-yanvardan
2010-yil 1-yanvardan
Umumiy sug‘urta
150 ming doll.
500 ming doll.
750 ming YEVRO
Hayot sug‘urtasi
250 ming doll.
750 ming doll.
1 mln YEVRO
Majburiy sug‘urta
500 ming doll.
1 mln doll.
1,5 mln YEVRO
Faqat qayta sug‘urta
2 mln doll.
3 mln doll.
4 mln YEVRO
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan qarorda «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi» O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish ham nazarda tutilgan edi. Mazkur qonunda sug‘urta bozori professional ishtirokchilari bo‘lgan sug‘urtalovchilar, sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, sug‘urta syurveyeri, assistans va aktuariy xizmati hamda adjasterlarning faoliyatini tartibga soluvchi normalar mavjud. Sug‘urta bozorining ushbu professional ishtirokchilari faoliyatini qonuniy jihatdan mustahkamlamasdan turib, ularni rivojlantirish mumkin emas. Sug‘urta bozorini rivojlantirishda mazkur subyektlarning nechog‘li katta ahamiyat kasb etishini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida 2010-yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilari ham 2009-yilgacha foyda solig‘i to‘lashdan ozod etildi.