Uz Sugurta Umid doc


-modda. Axborot olish huquqi



Yüklə 2 Mb.
səhifə105/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

25-modda. Axborot olish huquqi


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sug‘urtalovchilarning va adjasterlarning so‘roviga ko‘ra sug‘urta hodisalarining ro‘y berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek, sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorlarini sug‘urtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni taqdim etishi shart.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Maxsus vakolatli davlat organi sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan qabul qilingan pul mablag‘lari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek, boshqa axborotni o‘z vakolati doirasida talab qilib olishga haqli. Bunday axborotni talab qilib olish yozma ravishda, so‘rov sabablari ko‘rsatilgan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Maxsus vakolatli davlat organi o‘zi olgan axborotning sir tutilishiga rioya etishi shart, axborotning oshkor qilinishi qonunda ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.

26-modda. Sug‘urta siri


Sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar, sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘i, sug‘urtalangan mol-mulk, sug‘urta puli, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas.
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sug‘urta bitimlari va operatsiyalarining ro‘yxati, sug‘urta tariflari, sug‘urta turlari hamda muddatlari ochiq axborot bo‘lib, sug‘urta siri predmeti bo‘lishi mumkin emas.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar sug‘urta qildiruvchi, shuningdek, sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar o‘zlariga taalluqli ma’lumotlarga doir yozma rozilik berganda uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bilan bog‘liq ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchining roziligi olinmagan holda sug‘urtalovchi tomonidan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-156-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan – O‘R
QHT, 2008-y., 17-son, 129-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda sug‘urtalovchilar tomonidan sudga, prokurorga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda esa, surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sug‘urta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, sud ijrochilariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Tuzilgan sug‘urta shartnomalari va amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchi jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda quyidagilarga beriladi:
sug‘urta qildiruvchi o‘z vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxsga;
sud va notariusga – ularning ish yurituvida bo‘lgan merosga oid ish-
lar bo‘yicha sudning qarori yoki notariusning o‘z muhri bilan tasdiqlangan yozma so‘rovi asosida. Notariusning yozma so‘roviga sug‘urta qildiruvchi vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilingan bo‘lishi kerak; konsulga uning ish yurituvida bo‘lgan merosga oid ishlar yuzasidan.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan ettinchi qism bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Tuzilgan sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etiladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin