Uz Sugurta Umid doc


-modda. Chet el sug‘urta tashkilotlarining faoliyati



Yüklə 2 Mb.
səhifə106/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

27-modda. Chet el sug‘urta tashkilotlarining faoliyati


Chet el sug‘urta tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar – sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)

28-modda. Nizolarni hal etish


Sug‘urta faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

29-modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,

Sug‘urtaga oid atamalarning qisqacha izohli lug‘ati


Abandon – sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi hisobiga sug‘urta qilingan mol-mulkdan voz kechish huquqi. Sug‘urta qildiruvchi kema, avtomobil izsiz yo‘qolganda, ulardagi yuk to‘liq nobud bo‘lganligi yoxud zararlanganligi bois yuklarni belgilangan manzilga yetkazishning iloji bo‘lmagan holatda abandondan foydalanadi. Bunda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta hodisalari natijasida yetkazilgan zarar to‘liq qoplab beriladi.
Aviatsiya sug‘urtasihavo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 413-son qarori bilan tasdiqlangan «Sug‘urta faoliyati klassifikatori»ning 5-klassi «Aviatsiya sug‘urtasi» deb nomlanadi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin