Uz Sugurta Umid doc


Sug‘urta bozorini tartibga solishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar



Yüklə 2 Mb.
səhifə24/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

3.4. Sug‘urta bozorini tartibga solishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar

Mahkamasining qarorlari hamda Moliya vazirligining me’yoriyhuquqiy hujjatlari


Mustaqillik yillari O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozorini rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida ulkan ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. Bu haqda oldingi mavzularda atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Shu tufayli mazkur mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan vakolat doirasida ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan tartibda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning sug‘urta bozorini tartibga solishdagi ahamiyatini yoritishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda sug‘urta zaxiralarini yetarli darajada va to‘g‘ri shakllantirish muhim o‘rin egallaydi. Zero, sug‘urta tashkilotining o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajara olish qobiliyati, aynan, yetarli darajada sug‘urta zaxiralarini shakllantirilganligi bilan bevosita bog‘liq.
2008-yilning 20-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008-yil 15dekabrda 1882-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan «Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» hujjat amaliyotga joriy etilgan. Mazkur nizomga muvofiq, sug‘urta tashkilotlari quyidagi sug‘urta zaxiralarini shakllantirishlari lozim:

  1. ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (umumiy sug‘urta (qayta

sug‘urta qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda);

  1. mukofotlar zaxirasi (hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha faoliyatni

amalga oshirishda);

  1. keyingi yillarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ) (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda);

  2. sug‘urta hodisasining yuz berishi bilan kelib chiquvchi hamda sug‘urta shartnomasi shartlari bo‘yicha qoplanishi lozim bo‘lgan zarar (ziyon) hajmiga muvofiq holda aniqlanadigan va quyidagilardan tarkib topgan zararlar zaxirasi:

xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (XZZ); sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (SXZZ).
6. Sug‘urtalovchi Davsug‘urtanazorat bilan kelishilgan holda qo‘shimcha ravishda:

  • ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (OChZ);

  • falokatlar zaxirasini (FZ);

  • zararlilikning tebranishi zaxirasini (ZTZ);

  • aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasini (ANZ);

  • sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi sug‘urta zaxiralarini tashkil etishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-sonli buyrug‘i bilan «Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlangan. Bu nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda 1891-soni bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilaydi.
Ta’kidlash lozimki, biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish deganda tadbirkorlik xavflarini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta himoyasini taqdim etish tushuniladi. Mazkur Nizom bilan belgilangan yagona talablar biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini taqdim etayotgan sug‘urtalovchilar uchun majburiydir. Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari standart tushunchalar va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standart shartlaridan iboratdir. Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari, agar qonun hujjatlarida yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urtalovchi iste’molchiga (tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash shartnomasini tuzmoqchi bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) quyidagilar haqida haqqoniy va to‘liq axborotni taqdim etishi shart:

  1. sug‘urtalovchi haqida (oshkora axborotni);

  2. sug‘urtalovchi nomidan va topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta vositachilari (sug‘urta agentlari) haqida (agar iste’molchi tomonidan bunday talab mavjud bo‘lgan taqdirda);

  1. sug‘urta xizmati, ya’ni uning narxi (sug‘urta mukofoti), qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va hokazohaqida;

  2. sug‘urta xizmatining iste’molchi uchun afzalliklari va

kamchiliklari haqida;

  1. sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari haqida;

  2. sug‘urta mukofotlari (badallari) va mablag‘larning kutilayotgan

qaytarilishi haqida (qo‘llanilishi mumkin bo‘lganda);

  1. sug‘urta da’volarini hal etish tartibi va sug‘urta shartnomasining

boshqa shartlari haqida.
Sug‘urtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim shartlar (pozitsiyalar) bo‘yicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron tashuvchilarda bo‘lishi shart.
2009-yilning 7-aprelidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga asosan «Aktuar xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizom» tasdiqlangan va bu hujjat 2009-yilning 26-iyunida Adliya vazirligida 1975-son bilan qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq sug‘urta tashkilotlari bir yilda bir marta moliya yili yakunlangandan so‘ng keyingi yilning olti oyi ichida aktuar tashkilotining kuzatuvidan o‘tishlari shart. Aktuar kuzatuvi deganda sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, takroriylik va zarar yetkazilish oqibatlarining og‘irlik darajasini aniqlash, sug‘urta zaxiralarini hisob-kitob qilish, sug‘urta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlar hajmini aniqlash, sug‘urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish, sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini belgilash, investitsiya faoliyati natijalarini baholash, daromadlarni sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish va boshqa aktuar xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zi ichiga oluvchi aktuar xizmatlari majmuasi tushuniladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin