Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə25/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Nazorat uchun savollar



  1. Sug‘urtada ishtirok etadigan taraflarning o‘zaro munosabatlarini huquqiy tartibga solishning obyektiv zarurligi nimada?

  2. Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar qanday vujudga keladi?

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan?

  4. «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun avval qabul qilingan qonundan nimasi bilan farq qiladi?

  5. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni nechta moddadan iborat?

  6. «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning asosiy mazmunmohiyati haqida so‘zlab bering.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qaysi bobi sug‘urtaga bag‘ishlangan va unda nechta modda mavjud?

  8. Fuqarolik kodeksida sug‘urta shartnomasini tuzish uchun qanday shartlar belgilangan?

  9. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida majburiy sug‘urta bo‘yicha keltirilgan normalarning mohiyatini ochib bering.

  10. Sug‘urta bozorini tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmon va qarorlarini bilasiz?



4-mavzu. SUG‘URTA BOZORIDA TALAB VA TAKLIF HAMDA

NARXNING SHAKLLANISHI


4.1. Sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talab va uni shakllantirish muammolari.
4.2. Sug‘urta bozorida o‘ziga xos tovar bo‘lgan sug‘urta mahsulotlariga taklifni qaror toptirish mexanizmi.
4.3. Sug‘urta bozorida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash. Sug‘urta mahsulotlariga talabni rag‘batlantirish usullari.
4.1. Sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talab va uni

shakllantirish muammolari


Sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish va uni shakllantirish sug‘urtalovchilarning marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  • sug‘urta bozorida real va salohiyatli sug‘urtalanuvchilar mavjud bo‘ladi;

  • salohiyatli sug‘urtalanuvchining real sug‘urtalanuvchiga aylanishida sug‘urta mahsulotining shaffofligi ta’sir ko‘rsatadi; - shaffof mahsulot o‘z navbatida talabni keltirib chiqaradi.

Salohiyatli sug‘urtalanuvchi deganda sug‘urta mahsulotini sotib olishga ishtiyoqi bor hamda bu tovarni sotib olish uchun unda pul mablag‘i ham mavjud bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Salohiyatli sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchi bilan shartnoma tuzib, sug‘urta polisiga ega bo‘lganda real sug‘urtalanuvchiga aylanadi. Bozorning muhim omili sifatida talab xaridorning to‘lovga qobiliyatliligini bildiradi. Talabni amalga oshirish, ko‘p jihatdan mijozning motivatsiyasiga bog‘liq.
Sug‘urta mahsulotini sotish orqali mijozning talabini qondirish murakkab jarayon hisoblanadi. Salohiyatli sug‘urtalanuvchi sug‘urta bozoriga kirib sug‘urtaning ancha-muncha qiyin shartlari bilan tanishar ekan va sug‘urta kompaniyasi xodimining maxsus tushuntirishlariga qaramay, uni nima ekanligini, unga qanday naf keltirishini tushunmasdan sug‘urta mahsulotini xarid qilish bo‘yicha o‘zining fikriga shubha bilan qaraydi.
Gap shundaki, sug‘urta shartnomalari va qoidalari, haqiqatda, tijoratga asoslangan sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida namoyon etish bilan birga ko‘pdan ko‘p cheklovlar va istisnolarga boy. Bu cheklov va istisnolarning mohiyati, aksariyat holatlarda, sug‘urtalanuvchi uchun tushunarsiz bo‘lib qoladi. Ayrim sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qoidalari va shartnoma shartlarini mijoz uchun tushunish juda qiyin bo‘lgan tilda bayon etadi. Natijada salohiyatli mijozda qat’iy fikr tug‘iladi: sug‘urta bitimi haqqoniy emas, sug‘urta kompaniyasi – aldoqchi. Mijozdan darhol xizmat haqi sifatida sug‘urta mukofoti to‘lashni talab etadi, evaziga qandaydir qog‘oz, ya’ni sug‘urta polisi beriladi. Polisda esa qandaydir sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda, qaysidir holatda kelishilgan shartlarni bajarsa, sug‘urta qoplamasi to‘lanishi qayd etiladi. Boz ustiga, polisda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgandan keyin ham qaysi holatlarda sug‘urta qoplamasi to‘lanmasligi ifodasini topadi. Shu bois, sug‘urtalanuvchida mazkur hujjatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ladi.
Bularning hammasiga ayrim sug‘urta kompaniyalarining insofsizligini qo‘shadigan bo‘lsak, ko‘pchilik shaxslarda sug‘urtaga bo‘lgan qiziqish so‘nadi. Ajablanarlisi shundaki, salohiyatli sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini olishi zahoti o‘zining xotirjamligi va tinchligi uchun sug‘urtalovchi javob berishiga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmaydi. Balki u xotirjamlik va tinchlik uchun sug‘urta kompaniyasida juda katta moliyaviy mablag‘ borligini bilmas. Ikkinchidan, sug‘urtalanuvchi sug‘urta qoplamasini real olishini obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra «bo‘lmagan narsa» qabilida tushunadi. Bayon etilganlar o‘z-o‘zidan sug‘urta mahsulotlariga bo‘lgan talabni butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Sug‘urtalanuvchida o‘zining mulkiy manfaatlarini himoya etilishi nuqtayi nazaridan sug‘urta mahsulotiga talab bo‘ladi. Bozorda sug‘urtalanuvchiga u to‘laydigan pul hisobiga olinadigan iste’mol qiymatiga ega tovar kerak. Faqat shunday tovargina iste’molchining qonuniy mulkiy manfaatini har xil tasodifiy hodisalardan himoya etadi. Bunda tovarning qancha pul turishi sug‘urtalanuvchi uchun unchalik ahamiyatli emas. Biroq tovarning narxi keskin oshirilgan bo‘lsa, bu sug‘urtalanuvchida salbiy fikrlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Sug‘urtalanuvchi uchun qulay yoki past narx unda talabni shakllantirishi mumkin.
Sug‘urtalanuvchilar to‘lov qobiliyatining pastligi va sug‘urta mahsuloti narxining yuqoriligi, yuridik va jismoniy shaxslarda sug‘urta to‘g‘risidagi salbiy fikrlarning mavjudligi talabga ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi.
Shunday salohiyatli sug‘urtalanuvchilar topilishi mumkinki, ularda sug‘urta mahsulotini sotib olish uchun yetarli miqdorda pul mablag‘lari mavjud, ammo ular o‘zlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta yo‘li bilan himoyalash mumkinligi haqida bilmaydilar.
Sug‘urta mahsulotiga talabni shakllantirishda sug‘urta fani, davlat va jamiyatning vazifalari nimalardan iborat:

  • odamlarda ularning qonuniy mulkiy manfaatlarini sug‘urtalashga ongli talabni uyg‘otish. Buning uchun aniq misollar, statistik ma’lumotlar yordamida jamiyatda hech kim tabiiy va boshqa tasodifiy holatlardan butkul xalos bo‘lgan emas;

  • yuridik va jismoniy shaxslarda sug‘urta uchun pul mablag‘ini topish bo‘yicha ongli talabni shakllantirish. Sug‘urtaga sarflanayotgan xarajat – bu oddiy xarajat emas, balki fuqarolar, tadbirkorlar va davlatning zaruriy xarajati.

  • talab o‘sishini xayol qilayotgan sug‘urtalovchilar sug‘urta mahsulotining shaffof emasligi, to‘g‘ridan to‘g‘ri u tomonidan bildirilayotgan taklif ochiq-oydin emasligini yaxshi bilishi lozim. Mijozlarga sug‘urta mahsulotini taklif etar ekan, sug‘urtalovchi shu narsani yoddan chiqarmasligi kerakki, mahsulot xuddi avtomashina, kiyim-kechak kabi shaffof bo‘lishi shart. Bu murakkab vazifa, ammo biz uni hal etmasdan, fuqarolarning sug‘urta savodxonligini oshirmasdan sug‘urta mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘stira olmaymiz.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin