Uz Sugurta Umid doc


mahsulotlariga taklifni qaror toptirish mexanizmi



Yüklə 2 Mb.
səhifə26/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

4.2. Sug‘urta bozorida o‘ziga xos tovar bo‘lgan sug‘urta

mahsulotlariga taklifni qaror toptirish mexanizmi


Talab nuqtayi nazaridan sug‘urta mahsulotining o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘p jihatdan, mazkur mahsulotga taklif qanday shakllanayotganiga chambarchas bog‘liq. Sug‘urta mahsulotlariga talabning asosida pul mablag‘lari yotgan bo‘lsa, taklif asosida mahsulot yotadi. Sug‘urtalovchilarning haqiqiy talabgor sug‘urtalanuvchilarning mulkiy manfaatlarini sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirishga qodir sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan faoliyati taklif deyiladi.
Sug‘urta bozorida o‘ziga xos tovar bo‘lgan sug‘urta mahsulotiga taklifni rag‘batlantirishning 2 ta usuli mavjud bo‘lib, ular ustavdan kelib chiqqan holda va tijorat faoliyati bilan bog‘langan. Chindan ham sug‘urta kompaniyalarining Ustavida shu narsa aniq yozib qo‘yiladiki, faoliyatni amalga oshirishdan asosiy maqsad yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoyalash. Ikkinchi usul ixtiyoriy sug‘urta turlariga oid bo‘lib, kompaniyaning maqsadi tijorat asosida foyda olish. Bu yerda bir-biriga zid holatlarni ko‘rish mumkin. Bir tomondan, sug‘urta hodisalari sodir bo‘lganda sug‘urta polisi egasiga yetkazilgan zararni qoplab berish, ikkinchi tomonidan tadbirkorlik faoliyatidan foyda ko‘rish. Sug‘urta qoplamalarini to‘lash sug‘urtalovchi xarajatlari tarkibida asosiy o‘rinni egallaydi. Tabiiyki, sug‘urtalovchi foydani ko‘paytirish maqsadida xarajatlarni kamaytirishga harakat qiladi. Sug‘urtalanuvchilar esa yetkazilgan zararni to‘liq qoplanishini talab qiladi.
Xaridorga taklif etilayotgan sug‘urta mahsulotining eng katta kamchiligi bu tovarning tashqi va ichki ko‘rinishi hisoblanadi. Sug‘urtalovchi bozorga taklif etayotgan tovar har doim yagona nomoddiy shaklga va ikkita moddiy shaklga ega bo‘ladi. Ulardan bittasi tovarda doimiy o‘z o‘rniga ega, ikkinchisi ahyon-ahyonda ishtirok etadi. Buni quyidagi chizmada shunday aks ettirish mumkin.
Sug‘urta tovari iste’mol qiymatining nomoddiy foydaliligi har doim buyum ko‘rinishida emas. Bu sug‘urtalanuvchining mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash orqali xotirjamligini ta’minlashdan iborat. Sug‘urtalovchi o‘z tovari iste’mol qiymatining bu qismini ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan darajada xaridorga yetkazib berolmaydi. Sug‘urta mahsulotini sotib oluvchi bozorda sug‘urtalovchining unga bergan va’dasiga ishonishi, shu bois unga pul to‘lashi lozim.
Sug‘urta tovari iste’mol qiymatining moddiy foydaligi sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishi natijasida yetkazilgan zararning pul mablag‘lari shaklida sug‘urtalanuvchiga to‘lanishida namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta tovarining qiymati bozor bahosining pul shakliga ega bo‘lib, u sug‘urta mukofotidir.
Sug‘urta mahsulotini sotish taklifi, deganda sug‘urtalovchining quyidagi faoliyati tushuniladi:

3-chizma.
- sug‘urta bozoriga ko‘rinmaydigan tovarni olib chiqish; - uni ishlab chiqish uchun buyurtma olish; - tovarni xaridor uchun ishlab chiqish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sug‘urtalovchi o‘zi ishlab chiqqan mahsulotni namoyish eta olmaydi. Ya’ni sug‘urta mahsulotini sanoat mahsulotlari kabi vitrinada joylashtirish imkoniyatiga ega emas.
Sug‘urta mahsulotini salohiyatli mijozlarga taklif etar ekan, sug‘urtalovchi uning hamma jihatlarini oddiy va ravon tilda bayon etishi hamda uning tarkibi va tuzilishi, asosiy shartlarini o‘zida mujassamlashtirgan taqdimot tayyorlashi kerak. Shuningdek, sug‘urtalovchi kompaniyaning moliyaviy natijasi, sug‘urta zaxiralari, ustav kapitali miqdori bo‘yicha axborotlarni keng xalq ommasiga yetkazish uchun ko‘proq televideniye, radio orqali chiqish qilishi talab etiladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin