Uz Sugurta Umid doc


tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə38/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

7.1. Mahalliy sug‘urta xizmatlari bozori rivojlanishini davlat

tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari


2008-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida», 2009-yil 17 martda «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi tufayli jamiyatda sug‘urtaning nufuzi oshdi. Eng muhimi, aholining sug‘urta tizimiga bo‘lgan ishonchi yanada oshdi. 2010-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qarori sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkurga qarorga asosan 2011-2015-yillarda sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi. Ulardan eng asosiysi respublika hududlarida sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati so‘ngi yillarda hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qator farmon va qarorlarni qabul qildi. Ana shu farmon va qarorlarning hududiy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirishidagi ahamiyatini inobatga olgan holda ularning mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tishni lozim deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2006–2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2006-yil 17apreldagi PQ-325-sonli qaroriga asosan «O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2006-2010-yillarda rivojlantirish dasturi» tasdiqlandi.1 Mazkur dasturga binoan, mamlakat hududlarida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lami va hajmini ko‘paytirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Eng muhimi, 2006-yil 1-apreldan boshlab ayrim boshqa xizmatlar qatori sug‘urta xizmatlari ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etildi.
Shubhasiz, O‘zbekiston sug‘urta bozori, jumladan hududiy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2007-yilning 10aprelida qabul qilingan 618-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qaror asosida «2007–2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi» ma’qullandi va unda «aholi va yuridik shaxslarni, ayniqsa biznesni sug‘urtalash sohasida, shuningdek, qishloq joylarda sug‘urtalovchi alohida bo‘linmalar va sug‘urta agentlari sonini ko‘paytirish hisobiga sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish»1 dolzarb vazifa ekanligi belgilandi. Shuningdek, qarorda 2007–2010-yillarda sug‘urta kompaniyalari va ularning alohida bo‘linmalarini hamda sug‘urta agentlari sonini oshirish hisobiga aholi va yuridik shaxslarning, ayniqsa qishloq joylardagi aholining sug‘urta xizmatlari bilan to‘liq qamrab olinishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar belgilab olingan edi.
Hududiy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2010-yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2007-yil 21-mayda qabul qilingan PQ-640-sonli qarori alohida o‘rin egallaydi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ushbu qarorga binoan «O‘zbekiston Respublikasida 2007–2010-yillarda xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning yangilangan asosiy parametrlari» tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarorining 7-bandida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari xizmatlariga ham tatbiq etildi. Ya’ni sug‘urta bozorining ishtirokchilari – sug‘urta agentlari, akturiylar, adjasterlar va syurveyerlar 2010-yilga qadar foyda va yagona soliq to‘lashdan ozod etildi.
Yuqorida qayd etilgan Prezident qarorlarining amaliy natijasi o‘laroq, 2011-yilga kelib, sug‘urta kompaniyalarining soni 34 taga, hududiy bo‘linmalar soni 892 taga yetdi. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin