Uz Sugurta Umid doc


majburiy sug‘urtaning roli



Yüklə 2 Mb.
səhifə41/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

7.3. Mahalliy sug‘urta xizmatlari bozorining rivojlanishida

majburiy sug‘urtaning roli


Ma’lumki, majburiy sug‘urta ijtimoiy himoya tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning bozor shart-sharoitlari asosida rivojlanishida sug‘urtaning majburiy turlari muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, majburiy sug‘urta o‘zida nafaqat ijtimoiy himoya elementlarini namoyon etadi, balki bozor munosabatlariga xos bo‘lgan jihatlarni ham ifodalaydi. Amaliyotda majburiy sug‘urtaning ikki turi uchraydi. Birinchisi, bevosita mijozlarning to‘lagan sug‘urta mukofotlari hisobidan amalga oshiriladigan majburiy sug‘urta, ikkinchisi sug‘urta mukofoti to‘lovi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan majburiy davlat sug‘urtasi.
Majburiy sug‘urtaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda 2008-yil 21-aprelda «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.1 Qonun 41 ta moddadan iborat bo‘lib, unda mazkur qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, majburiy sug‘urtaning asosiy prinsiplari, majburiy sug‘urtani amalga oshirish shartlari va tartibi, sug‘urta hodisalari bo‘yicha zararning o‘rnini qoplash, kompensatsiya to‘lovlari, majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash kabi boblar mavjud. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur qonunning 41-moddasida «Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin kuchga kiradi», deb ko‘rsatib o‘tilgan edi.2
Qonun qabul qilingandan so‘ng uni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat tug‘ildi va 2008yilning 26-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi 141-sonli qaror qabul qildi. Mazkur qarorga asosan «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari» tasdiqlandi.3 Shuningdek, qarorda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasini tashkil etish va uning asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Eng muhimi, mazkur qaror asosida majburiy sug‘urtani amalga oshirish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilarga muayyan talablar belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:

  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi kerak.

  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi)ning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan o‘z filiallariga va boshqa alohida bo‘linmalariga ega bo‘lishi shart.

Davlat tomonidan majburiy sug‘urtani amalga oshirishda sug‘urtalovchilarga nisbatan bunday talabning o‘rnatilishi bejiz emas, albatta. Buni shu bilan izohlash mumkinki, majburiy sug‘urta butun O‘zbekiston hududini qamrab oladi va yo‘l-transport hodisasi mamlakatimizning qaysi joyida sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zarar, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan jabrlanuvchiga zarar qoplab berilishi lozim.
«UzReport.com» internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha jami 40,0 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning tegishli ko‘rsatkichidan 18,6 foizga ko‘pdir. Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash uchun vakolatli sug‘urtalovchilar tomonidan jami 6,2 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalari to‘langan.
Ta’kidlash joizki, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni joriy qilish kutilgan natijani berdi. Mustaqil tahlilchilarning fikriga ko‘ra, majburiy sug‘urtaning amaliyotga joriy etilishi mamlakat miqyosida sug‘urtaning aholi barcha qatlamlari orasiga kirib borishiga va shu orqali sug‘urta madaniyatini oshishiga xizmat qilgan. Bundan tashqari, majburiy sug‘urtani amaliyotga joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi oqibatida jabrlangan shaxslarni ijtimoiy himoyasini kafolatlaydigan samarali tizimni shakllantirish edi. Tabiiyki, o‘tgan yillar tajribasi qo‘yilgan maqsad naqadar to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi.
Bugungi kunda mamlakat hududlari sug‘urta bozori rivojlanishi uchun g‘oyat katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Shundan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, bozorda o‘z mavqeyi va nufuzini mustahkamlamoqchi bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mamlakat hududlarida o‘z bo‘linmalarini tashkil etishga va ularning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga katta e’tibor qaratishlari zarur. Shuningdek, aholining turli axborot manbalari, xususan, «Internet» global tarmog‘i orqali sug‘urta faoliyatiga oid axborotlar olish imkoniyati kengaydi. 2009-yildan boshlab respublikamizda «Sug‘urta» jurnalining chop etilishi, «UzReport.com» internet portalida O‘zbekiston sug‘urta bozorida sodir bo‘layotgan yangiliklarni muntazam e’lon qilib borilishi sug‘urta bozorining umumiy holati bilan bog‘liq axborotlarning foydalanuvchilar tomonidan olinishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ammo mamlakatimiz hududlarida sug‘urta bozori va uning rivojlanishi bilan bog‘liq axborotlar yetarli emas. Shuni e’tiborga olgan holda sug‘urtalovchilarning mintaqaviy filiallari faoliyatiga doir ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish choratadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin