Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə42/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Nazorat uchun savollar



  1. Mahalliy sug‘urta xizmatlari bozori, deganda nimani tushunasiz?

  2. Davlat tomonidan mahalliy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun nima ishlar qilindi?

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2006–2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarorining mahalliy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirishdagi ahamiyati nimada?

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007-yilning 10-aprelida qabul qilingan 618-sonli qarorida mahalliy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha qanday choratadbirlar belgilangan edi?

  5. Sizning nazaringizda qaysi hududlarda sug‘urta bozori nisbatan kuchli, qaysi hududlarda sust rivojlangan? Bunga asosiy sabablarni keltiring.

  6. Mahalliy sug‘urta bozorlarida asosiy professional ishtirokchilar kimlar?

  7. Sug‘urta kompaniyalarining hududlardagi filiallari faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

  8. Sug‘urta kompaniyasi va uning filiallari o‘rtasidagi munosabat qanday hujjatlar asosida tartibga solinadi?

  9. Mahalliy sug‘urta xizmatlari bozorining rivojlanishida so‘ngi yillarda joriy etilgan majburiy sug‘urta turlarining roli qanday?

8-mavzu. O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORIDA VOSITACHILIK FAOLIYATI


8.1. Sug‘urta bozorida vositachilarning tutgan o‘rni va ahamiyati.
8.2. Sug‘urta agenti haqida tushuncha va uning asosiy vazifalari.
8.3. Sug‘urta brokeri va uning faoliyatini litsenziyalash tartibi.

8.1. Sug‘urta bozorida vositachilarning tutgan o‘rni va ahamiyati


Sug‘urta vositachilari sug‘urta xizmatlarining sug‘urta kompaniyasi tomonidan iste’molchi tomonga harakatlanishida, shuningdek, sug‘urta shartnomasini tuzish, bajarish, takomillashtirish va bekor qilish bosqichlarida sug‘urta xizmatlari iste’molchisiga maslahat yordamini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadilar. Sug‘urta vositachilari faoliyatining muhim jihatlari – sug‘urta xizmatlarini harakatlantirish va xizmat iste’molchilariga maslahat yordami ko‘rsatish vazifalarini hisobga olib, vositachilarning ikki toifasi to‘g‘risida gapirish mumkin. Ularning yuridik maqomidan o‘z faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishidan kelib chiqqan holda, yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar ko‘proq yoki kamroq namoyon bo‘ladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasida sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta vositachilari hisoblanadilar, deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida sug‘urtalovchilar sug‘urta agenti sifatida vositachilik faoliyatini amalga oshirishlariga yo‘l qo‘yilishi ta’kidlangan. Sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi va ular qonunchilikda belgilangan barcha tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi mumkin. Sug‘urta agentlari esa yuridik shaxs maqomiga ega tashkilot tuzish yoki jismoniy shaxs sifatida vositachilik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Ikkala holatda ham sug‘urta agentlari sug‘urtalovchi bilan agentlik bitimlarini tuzishlari talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta vositachilarining faoliyati quyidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27noyabrdagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 413-sonli qarori.

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 28yanvardagi 19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan «Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi Nizom».

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2010-yil 10noyabrda tasdiqlangan «Sug‘urtalovchilarning sug‘urta vositachilari bilan o‘zaro munosabatini tartibga soluvchi namunaviy qoidalar».

Sug‘urta vositachilarining faoliyati sug‘urta shartnomalarini tuzish va uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin