Uz Sugurta Umid doc


Sug‘urta bozorida duopoliya va oligopoliya. Ularning ayrim sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha vujudga kelish holatlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə52/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

10.2. Sug‘urta bozorida duopoliya va oligopoliya. Ularning ayrim sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha vujudga kelish holatlari


Sug‘urta bozorida duopoliya va oligopoliya holatlarining yuzaga kelishi kuzatiladi. Duopoliya deganda bozorda faqat ikkita kompaniyaning faoliyat yuritishi tushuniladi. O‘zbekiston sug‘urta bozorida duopoliya holatlari mavjud. Buni oldingi bo‘limda ta’kidlaganimizdek, qishloq xo‘jalik korxonalarini sug‘urtalash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi va «Agro invest sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi misolida ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, aviatsiya sug‘urtasida ham duopoliya holatlarini ko‘rish mumkin. Har yili «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash bo‘yicha tender e’lon qiladi va unda g‘olib chiqqan kompaniyaga aviakompaniyaning mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash vakolati beriladi.
Oligopoliya bozor tuzilishining shakllaridan biri bo‘lib, unda sug‘urta kompaniyalarining soni kam, biroq iste’molchilarning soni esa ko‘p bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, bozor hajmining 75 foizi yoki undan katta qismi bir nechta sug‘urta kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Temir yo‘llari sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi tomonidan temir yo‘l tarmog‘iga qarashli korxonalarning katta qismi sug‘urta himoyasiga olingan. Ayrim sug‘urta kompaniyalari temir yo‘l transportiga tegishli boshqa mulkiy manfaatlarni sug‘urtalash bilan shug‘ullanadi. Ya’ni mazkur tarmoqqa sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish hajmining 75 foizidan ortig‘i 3-4 ta sug‘urta kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
2002-yil 5-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida sug‘urta 2 ta sohadan iborat ekanligi ko‘rsatilgan: umumiy sug‘urta tarmog‘i; hayotni sug‘urtalash tarmog‘i. Umumiy sug‘urta tarmog‘ida monopolistik holatlarni uchratish bilan bir qatorda kuchli raqobat muhiti mavjud bo‘lgan holatlarni ham uchratish mumkin. Biroq hayotni sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki kompaniya 2003-yil dekabr oyida «O‘zbekinvest Hayot» nomi bilan tuzilgan bo‘lsada, bunday kompaniyalarning soni hanuzgacha sezilarli ravishda ko‘paygan emas. 2009-yil «Alfa invest» sug‘urta kompaniyasining muassisligida hayotni sug‘urtalashga ixtisoslashgan «Alfa Life» sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida hayotni sug‘urtalash segmentida atigi 2 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Agar bozorda muayyan sug‘urta mahsulotini faqat 2 ta sug‘urta kompaniyasi sotayotgan bo‘lsa, bu holat bozorda oligopoliya shakllanganligini anglatadi. Ammo hayotni sug‘urtalash bo‘yicha mahsulotlarni xarid qiladigan iste’molchilar soni kamligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, mijozlar o‘rtasida raqobat muhiti unchalik vujudga kelmaganligini ko‘rish mumkin.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin