Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə59/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

biznesning to‘xtashi – sug‘urta qildiruvchining odatdagi faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan tashqi va ichki omillar bilan bog‘liq ravishda tadbirkorlik faoliyatining to‘xtashi;

  • joriy xarajatlar – sug‘urtalangan faoliyatning to‘xtashi davrida sug‘urta qildiruvchining muqarrar ravishda davom etayotgan xarajatlari;

  • kontragent – sug‘urta qildiruvchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;

  • kontrakt – sug‘urta qildiruvchi va kontragent o‘rtasida haq evaziga tuzilgan tovarlarning oldi-sotdi (xizmatlar ko‘rsatish, ish bajarish) shartnomasi;

  • kutish davri – kontraktda ko‘rsatilgan to‘lov sanasidan boshlab hisoblanadigan, sug‘urta shartnomasida kelishilgan voqea natijasida sodir bo‘lgan zararni qoplashgacha o‘tishi lozim bo‘lgan ketma-ket kalendar kunlari soni;

  • sug‘urta shartnomasi – yozma kelishuv bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladi;

  • sug‘urtalangan faoliyat – mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish va (yoki) iste’molchilarga tovar sotish bo‘yicha sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta qildiruvchining xo‘jalik faoliyati (biznesi);

  • sug‘urtalovchi javobgarligining limiti – sug‘urta shartnomasida belgilanadigan pul miqdori bo‘lib, uning chegarasida har bir alohida yoki barcha sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonining miqdori belgilanadi;

  • sug‘urta davri – sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan davr;

  • sug‘urtalovchi – umumiy sug‘urta sohasining tegishli klasslari bo‘yicha sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;


  • Yüklə 2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin