Uz Sugurta Umid doc


-jadval Ayrim rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan sug‘urta mukofotlarining YaIMdagi salmog‘i,1 %



Yüklə 2 Mb.
səhifə64/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

14-jadval Ayrim rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan sug‘urta mukofotlarining YaIMdagi salmog‘i,1 %


(2008-y.)

t/r

Mamlakatlar

Salmog‘i, %

1

Tayvan

14,13

2

Buyuk britaniya

12,50

3

Shveytsariya

11,76

4

Yaponiya

10,47

5

Niderlandiya

9,93

6

Janubiy Koreya

9,71

7

AQSh

9,44

8

Fransiya

9,42

9

Gongkong

9,03

10

Finlandiya

8,77

11

Singapur

7,50

12

Kanada

7,09

Ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2008-yilda alohida davlatlar miqyosida yaratilgan yalpi ichki mahsulotlar tarkibida sug‘urta mukofotlarining ulushi bo‘yicha jahonda eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri – Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni bu davlatda 2008-yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulot tarkibida sug‘urta mukofotlarining ulushi 12,50 foizni tashkil etgan. Shuningdek, sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotlagi salmog‘i bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Shveytsariya (11,76 foiz), Niderlandiya (9,93 foiz), Fransiya (9,42 foiz) va Finlandiyada (8,77 foiz) kuzatilgan. E’tibor bilan qarasak, dunyoda alohida mamlakatlar yalpi ichki mahsulotlari tarkibida milliy sug‘urtalovchilar tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 12 ta davlatning 5 tasi yoki 41,7 foizi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga to‘g‘ri keladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Yevropa Ittifoqi sug‘urta bozori jahonda eng taraqqiy etgan bozorlardan biridir.
Agar 2008-yilda dunyo miqyosida umumiy sug‘urta bozori bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlarining alohida davlatlar kesimida tahlil etadigan bo‘lsak, bunda ham Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning o‘rni katta ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
1

8-diagramma.Jahon miqyosida umumiy sug‘urtalash bozorida ayrim davlatlarning ulushi1
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, 2008-yilda jahon miqyosida umumiy sug‘urta bozori bo‘yicha eng ko‘p to‘plangan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha reytingda AQShdan keyingi o‘rin Yevropa Ittifoqi davlatlariga tegishlidir. Masalan, jahon umumiy sug‘urta bozorida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining qariyb 6 foizi Buyuk Britaniyaga, 5 foizi Fransiyaga to‘g‘ri kelgan. Germaniya esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ichida birinchi o‘rinni egallagan. Bu bejizga emas, albatta. Yevropa sug‘urta bozorida Germaniya sug‘urtalovchilari katta rol o‘ynaydi.
Buni quyidagi jadval ma’lumotlari ham ko‘rsatib turibdi.
Xalqaro sug‘urta bozorida «Koloniya» (Germaniya), «Kyoln qayta sug‘urtalash jamiyati» (Germaniya) va Shveytsariya qayta sug‘urtalash jamiyati o‘z nufuziga ega va ishonchli hamkor sifatida katta obro‘e’tibor qozongan.
1

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin