Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə76/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

933-modda. Sug‘urta siri


Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs va naf oluvchi, ularning sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi, shuningdek, bu shaxslarning mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi o‘z kasb faoliyati natijasida o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sug‘urta sirini buzganlik uchun sug‘urtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatiga qarab ushbu kodeksning 985, 1021 va 1022-moddalari qoidalariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

934-modda. Sug‘urta puli


Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladigan yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lash majburiyatini oladigan summa (sug‘urta puli) sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi bilan kelishuviga ko‘ra ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilishda, agar sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta puli ularning haqiqiy qiymatidan (sug‘urta qiymatidan) oshmasligi lozim, quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
mol-mulk uchun – uning sug‘urta shartnomasini tuzish kuni turgan
joyidagi haqiqiy qiymati; tadbirkorlik xavfi – sug‘urta hodisasi yuz berganida sug‘urta qildi-
ruvchi tadbirkorlik faoliyatidan ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarar.
Shaxsiy sug‘urta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomalarida sug‘urta pulini taraflar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra aniqlaydilar, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(934-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-156-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT,
2008-y., 17-son, 129-modda)

935-modda. Mol-mulkning sug‘urta qiymati


Sug‘urta shartnomasini tuzish paytida taraflarning kelishuviga ko‘ra aniqlanadigan, sug‘urta manfaati bilan bog‘lanadigan mol-mulk qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qiymati (sug‘urta bahosi) deb hisoblanadi.
Mol-mulkning shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta qiymati ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas, shartnoma tuzilgunga qadar sug‘urta xavfini baholash bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanmagan sug‘urtalovchi bu qiymat borasida bila turib chalg‘itilgan hol bundan mustasno.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin