Uz Sugurta Umid doc


-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi



Yüklə 2 Mb.
səhifə87/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

961-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi


Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu bobning qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 45-son, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 37-38-son, 376-modda; 2008-y.,
17-son, 129-modda; 52-son, 508-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda;
2010-y., 50-son, 471-modda; 2012-y., 15-son, 165-modda)

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Sug‘urta hamda sug‘urta faoliyati


Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shuningdek, sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin