Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə89/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

61-modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu
jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish; maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda
investitsiya faoliyatini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida profes-
sional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008yil 22-dekabrdagi O‘RQ-192-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 508-modda) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek, sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish; sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish; sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga
doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuning-
dek, sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
(61-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda) sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish; sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
(61-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshiri-
shni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish; chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘r-
satish; ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish; o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning
maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi; o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestrini yuritishi; qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat
organining talabiga binoan taqdim etishi; sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki su-
g‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;
(61-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o‘z-
gargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu qonunda belgilangan tartibda yetkazishi; sug‘urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan
tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tishi; maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;
(61-modda uchinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va
muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni bilan kiritilgan – O‘R QHT, 2007-y., 37-38son, 376-modda)

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin