Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) va boshqa buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
(92-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urta obyektini ko‘zdan
kechirish va tekshirish; sug‘urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish; sug‘urta obyektining shikastlanish sabablarini va sug‘urta hodisasi
mavjudligini aniqlash; sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda – sug‘urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash; to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlash; sug‘urta hodisasi bo‘yicha xulosa tuzish.
(92-modda birinchi qismining ettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) Adjaster o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) va boshqa buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
(92-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) Adjaster:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operat-
siyalari o‘tkazishga; sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan sug‘urtalovchi zararlarning o‘rnini qoplash va nizolarni hal qilish chog‘ida foydalanishi mumkin.
Adjasterning hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.