Assistans sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, ularga moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Assistans o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq to‘lanadi.
Assistans:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga; sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
99-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari Assistans quyidagi huquqlarga ega:
assistans xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha sug‘urtalovchilar bilan
mustaqil ravishda shartnoma tuzish; assistans xizmatlari ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan barcha axborot sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari ko‘rsatishni rad etish; tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok
etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Assistans qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Assistans:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug‘urta qildiruvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta voqealari (sug‘urta hodisalari) to‘g‘risidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur yordam ko‘rsatishi; sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-tad-
birlarini ko‘rishi.
(99-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat
organining talabiga ko‘ra taqdim etishi shart.
(99-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012- yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(91–99-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni bilan kiritilgan – O‘R QHT, 2007y., 37-38-son, 376-modda)