Узбекистон республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə12/22
tarix11.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#125121
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Божхона маъруза матни

Maxsus bojlar:
agar tovarlar O’zbekiston Respublikasi bojxona xududiga shunga uxshash yoki bevosita rakobatlashuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi mamlaktimiz ishlab chiqaruvchilariga zarar keltirish xavfini tugdiruvchi miqdorda va shartlarda oilb kirilsa ximoya chora-tadbirlari sifatida;
boshqa davlatlar yoki ularning ittifoqlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining manffatlarini kamsituvchi va boshqa xarakatlariga javob chorasi sifatida belgilanadi.
Dempingga karshi bojlar quyidagi xollarda belgilanadi:

  • O’zbekiston Respublikasi bojxona xududida bunday olib kirish paytida olib kirilayotgan mamlakatdagi ularning normal qiymatiga nisbatan pastrok narx buyicha tovarlar olib kirilishi, basharti bu kabi olib kirish bunday tovarlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazsa yoki xavf solsa yoxud bunday tovarlarni O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish yoki kengaytirishga tuskinlik kilsa;

tovarni bunday olib chiqish paytida ularning O’zbekiston Respublikasidagi xaqikiy qiymatiga qaraganda past narxda bojxona xududi tashqarisiga olib chiqish, agar bunday olib chiqish bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazsa yoki shunday xavf tugdirsa yoxud O’zbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilari urtasida normal rakobat urnatilishiga tuskinlik kilsa.
Kompensatsiya bojlari quyidagi xollarda belgilanadi:

  • O’zbekiston Respublikasi bojxona xududidagi tovarlarni ishlab chiqarish yoki olib kirishda subsidiyalardan tugridan-tugri yoki bilvosita foydalanilgan takdirda tovarlarni olib kirish, agar bunday olib kirish bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazsa yoki shunday xavf tugdirsa yoxud bunday tovarlarni O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish yoki kengaytirishga tuskinlik kilsa;

  • ishlab chiqarilishida yoki olib chiqilishida subsidiyalardantugridan-tugri yoki bilvosita foydalanilgan takdirda tovarlarni bojxona xududi tashqarisiga olib chiqish, agar bunday olib chiqish O’zbekiston Respublikasi manfaatlariga moddiy zarar yetkazsa yoki shunday xavf solsa.

Aloxida boj stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan xar bir xolat uchun aloxida belgilanadi xamda ularning miqdori surishtiruv orqali belgilangan narxni demping pasaytirish miqdoriga, subsidiyalarga va aniqlangan zararga muvofiq bo’lishi kerak.
Boj stavkalari respublikaning butun xududi uchun yagona xisoblanadi va tovarlarni O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib utuvchi shaxslarga, bitishuvlar turlariga va boshqa omillarga (qonunda nazarda tutilgan xollar bundan mustasno) bog’liq ravishda uzgartirilishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasida boj stavkalarining quyidagi turlari qullaniladi:
solik solinadigan tovarlarning boj qiymatiga nisbatan foizlarda xisoblab chiqiladigan advalor boj;
solik solinadigan tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda xisoblab chiqiladigan maxsus bojlar;
aytib utilgan xar ikkala bojni uzida jamlovchi kombinatsiyalashtirilgan bojlar.
Boj O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tulanadi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin