Узбекистон Республикаси Олий ва Урта Махсус


Materiallarni joylashtirish



Yüklə 162,21 Kb.
səhifə7/12
tarix14.12.2023
ölçüsü162,21 Kb.
#140767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
MNT kurs ishi uslubiy

Materiallarni joylashtirish – kurs ishining materiallarini quyidagi tartibda joylashtirish maqsadga muvofiq:

  1. Titul varag‘i.

  2. Mundarija.

  3. Kirish

  4. Nazariy qism.

  5. Tahlil qismi.

  6. Xulosa.

  7. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.

  8. Ilovalar.

Kurs ishi bajarib bo‘lingandan so‘ng, uning birinchi varianti kafedraga topshiriladi va uni ilmiy rahbar tomonidan tekshirib, ko‘rib chiqilgandan so‘ng unga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Tegishli o‘zgartirishlar va tuzatishlardan so‘ng kurs ishi muqovalanadi (4-ilova) va kafedraga himoyadan oldin topshiriladi.
Agar talaba tomonidan bajarilgan kurs ishi talab darajasida bo‘lmasa qayta ishlashga qaytariladi va himoyaga qo‘yilmaydi. Talab darajasida bajarilgan kurs ishi himoyaga ruxsat etilgan hisoblanadi va talabaga taqrizchining ko‘rsatgan kamchilliklari bilan tanishib chiqishi uchun himoyadan kamida 3 kun oldin qaytarib beriladi.
Kurs ishining himoyasi kafedra tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Himoya uchun talabaga 10-12 minut vaqt beriladi. Kurs ishlari kafedra yig‘ilishi va fakultet kengashi qarori bilan bitiruv malakaviy ish sifatida davom ettirilishi ham mumkin.
Talaba – kurs ishining muallifi sifatida unda keltirilgan ma’lumotlar va ko‘chirilgan gaplarning to‘g‘riligiga to‘la mas’uldir.
Kurs ishini bajarishga qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi.


7. KURS ISHINI TOPSHIRISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI


Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishlarini bajarish bo‘yicha kafedrada maxsus ajratilgan xonada maslahatlar berib boriladi. Kurs ishining bajarilishini kafedra mudiri doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Talaba rahbardan kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan va ishning yakuniy muddati belgilangan shakl asosida kurs ishi mavzusiga muvofiq topshiriqni oladi (2-ilova). Belgilangan muddatlarda talaba kurs ishining bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiriga ma’lumot berib boradi.


Talab darajasida bajarilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kurs ishini rahbar taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlaridagi yangiliklar va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari va kamchiliklari tavsiflanadi.
Kurs ishini himoya qilish talaba bilimini baholashning yakuniy bosqichi bo‘lib, u kafedra tomonidan tuzilgan komissiyaning ochiq majlisida himoya qilinadi.
Himoya quyidagi tartibda amalga oshiriladi: talaba 10-15 daqiqa ichida o‘zining kurs ishida bajargan asosiy masalalarini bayon qiladi. Bunda talaba tanlangan kurs ishining mavzusini asoslaydi, uning dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, har bir bobning qisqacha mazmuni, kiritgan tavsiya va takliflarini bayon qiladi. Illyustratsiya sifatida talaba oldindan tayyorlangan sxema, jadval, grafik, diagramma, rasmlardan foydalanishi mumkin. Shuning uchun talaba kurs ishining himoyasiga yuqoridagi masalalarni e’tiborga olgan holda oldindan tayyorlanishi lozim.
Dokladni tugatgach talaba komissiya a’zolarining savollariga javob beradi. Himoya tugagandan so‘ng talabaning kurs ishini va uning himoyasini kafedra tomonidan tuzilgan komissiya 5 baholik tizim asosida baholaydi.
“5” - «A’lo»
“4” - «Yaxshi»
“3” - «Qoniqarli»
“2” - «Qoniqarsiz»
Kurs ishiga “a’lo” baho mavzuni har tomonlama to‘g‘ri yoritgan, amaliyotni hozirgi zamon voqeligi bilan uyg‘unlashtira olgan, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlashda bilimini ko‘rsata olgan, qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilib yozgan talabalarning ishiga qo‘yiladi.
“Yaxshi” baho asosiy talablarga javob bergan, talab materiallar bilan tanish, lekin ayrim savollarni yoritishga to‘liq va har tomonlama javob bera olmaydigan, ayrim kamchiliklari bor ishga qo‘yiladi.
“Qoniqarli” baho talablarga javob beradigan, lekin talaba tomonidan savollarga yuzakiroq javob bergan, ishni rasmiylashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga qo‘yiladi.
“Qoniqarsiz” baho qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan, yomon yozilgan ishlarga qo‘yiladi.
Kurs ishi himoyasida maksimal 100 ball quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  1. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi – 10 ball;

  2. Tushuntirish yozuvining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi – 25 ball;

  3. Grafik va jadvallar qismining davlat standartlari – talablariga muvofiqligi 25 ball;

  4. Talabaning himoyasi – 20 ball;

  5. Berilgan savollarga javoblari – 10 ball;

  6. Rahbarning xulosalari – 10 ball.

Kafedra tomonidan tuzilgan komissiyaning himoya natijasi bo‘yicha qabul qilgan qarori maxsus bayonnomalarda rasmiylashtiriladi. Ushbu Qaror o‘zgarmas hisoblanadi. U talabaning «Menejmentga kirish» fanidan kurs ishini himoya qilganligiga va fanni to‘liq o‘zlashtirganligiga asos bo‘ladi.

Yüklə 162,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin