Узбекистон Республикаси Олий ва Урта Махсус


Kurs ishning tuzilishi va mazmuni..............................................................6



Yüklə 162,21 Kb.
səhifə2/12
tarix14.12.2023
ölçüsü162,21 Kb.
#140767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
MNT kurs ishi uslubiy

Kurs ishning tuzilishi va mazmuni..............................................................6


  1. Kurs ishini tartibga solish.........................................................................7


  1. Kurs ishini topshirish va himoya qilish tartibi..........................................9


  1. Ilovalar.............................................................................................................11




1. “MENEJMENTGA KIRISH” FANIDAN KURS ISHINI BAJARISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.

Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlangan strategiya va inqirozga qarshi qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholining moddiy farovonligini oshirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag‘ishlaydi, albatta.


Menejment–iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u davlat, aksionerlik va xususiy firmalar, ishlab chiqarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar echimlarini menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Mazkur masalalar bo‘yicha haqiqiy ahvolni bilish va atroflicha o‘rganish, bugungi kunda zamon talablari asosida mutaxassislar tayyorlanayotgan har qaysi ixtisoslik yo‘nalishi real hayot talablariga qay darajada javob berishi, unga nafaqat bugungi, balki yaqin istiqbolda qanday ehtiyoj borligini har tomonlama chuqur anglash lozim.
Rivojlanishning hozirga bosqichida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo korxonalari faoliyat olib boradigan muhit tubdan o‘zgarib bormoqda. Ayrim rahbarlarga iqtisodiy bilimning, raqobat kurashi sharoitida ishlash tajribasining etishmasligi korxonalarni tang iqtisodiy ahvolga solib qo‘ymoqda. Shuning uchun bo‘lajak menejerlarga «Menejmentga kirish» fanini chuqur va mukammal o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion va zamonaviy boshqaruv texnologiyalaridan samarali foydalanish davrida talaba-yoshlarning qobiliyati, malaka va ko‘nikmalarini o‘stirish, ilmiy–amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va faollashtirish muammosi muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan barkamol, tashkilotchi va zukko boshqaruv kadrlariga ega bo‘lish, ularning qobiliyatini, shuningdek, ularning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini va mas’uliyatini oshirish davr talabidir.
Yuqori malakali mutaxassis-menejerlarni tayyorlashda, ularda iqtisodiy tafakkurni, mustaqil fikrlashni, ijodiy ishlash qobiliyatini shakllanishida va zamonaviy boshqaruvning sir-asrorlarini mukammal egallash, zamonaviy menejerning boshqaruv madaniyati to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishda talabalar tomonidan bajariladigan kurs ishlari katta ahamiyatga ega. CHunki, kurs ishini bajarish jarayonida talabalar menejmentning qonun va qonuniyatlari, funksiyalari, usullari va uslublari, boshqaruv samaradorligi, personal boshqaruvi, axborotlar bilan ishlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi mavzular bilan nazariy va amaliy jihatdan mukammal tanishadilar. Bu esa keyinchalik talabalarning bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida va hamda amaliy faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
«Menejmentga kirish» fani bo‘yicha bajariladigan kurs ishi va uni himoya qilish o‘quv jarayonining zarur qismi va fanni o‘qitishning oxirgi bosqichi bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 162,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin