Matnni yozish tartibi – kurs ishi aniq va tushunarli tilda, qisqartirishlarsiz, orfografik va stilistik xatolarsiz, ya’ni yuqori savodxonlik darajasida bajarilishi zarur.
Kurs ishini sodda, aniq va tushunarli qilib yozilishi uning yuqori darajada bajarilishi belgilaridan biri xisoblanadi.
Matnni joylashtirish tartibi – kurs ishi matni standart oq qog‘ozning faqat bir tomoniga yoziladi. Ushbu qog‘ozni chap tomonidan 3 sm, o‘ng tomoni va tepa qismidan 1,5 sm va pastki qismidan 2 sm qoldiriladi. Tushuntiruv yozuvi har bir bo‘lim uchun belgilangan katta va qolgan varaqlari kichik burchak shtamplari bilan rasmiylashtiriladi.
Hisoblash formulalari tushunarli va aniq qilib raqam bilan qo‘lda yoziladi. Jadvallar, rasmlar, grafiklar va chizmalar ham oq qog‘ozga yuqoridagi talabga amal qilgan holda tushiriladi va raqamlanadi.
Agar mavzuni yoritish jarayonida muayyan manbalardagi sitatalar, jumlalar va tegishli iboralardan foydalanilsa, u holda manba aniq ko‘rsatilishi, ko‘chirilgan jumla qo‘shtirnoq bilan belgilanishi, qaysi adabiyotning qaysi betidan olinganligi mazkur sahifaning pastki qismida ko‘rsatilib qo‘yilishi zarur. Shu bilan birga kurs ishining boblarini yoritishda qo‘llanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatdagi tartib raqamiga ko‘ra har bir bobning oxirida ko‘chirma sifatida beriladi.
Korxona ma’lumotlarini aks ettiruvchi xujjat va ma’lumotlar kurs ishining ilovalar qismiga o‘tkaziladi, matnda esa qaysi ilovaga qarash kerakligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Varaqlarni raqamlash– kurs ishining varaqlari, jadvallar, grafiklar, sxemalar barchasi oxirgi varaqgacha raqamlab chiqiladi, ilovalar raqamlanmaydi. Birinchi zar varaq – titul qismi bo‘lib, unga «1» raqami qo‘yilmaydi, ikkinchi varaq mundarija bo‘lib unga «2» raqami qo‘yilmaydi. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismidan boshlab «3» raqami qo‘yiladi va shu tariqa barcha varaqlar raqamlab chiqiladi. Raqam har bir varaqning pastki qismiga va o‘ng tomonidan yoziladi.
Talaba kurs ishining muallifi sifatida unda keltirilgan ma’lumotlar va ko‘chirilgan gaplarning to‘g‘riligiga to‘la javob beradi. Kurs ishi kafedraga topshirilgandan so‘ng unga o‘zgartirishlar kiritish va to‘g‘rilashga ruxsat berilmaydi. Kurs ishini bajarishga qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi.