2017 yil 29 avgust kuni Konstitutsiyaning qaysi moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi?
*a) Konstitutsiyaning 99, 102 -moddalariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oxirgi marotaba o’zgartish qachon kiritilgan?
*a) 2017 yil 27 may kuni Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga o’zgartirishlar kiritilgan.
Birinchi bor O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasiga o’zgartirishi va qo’shimcha kiritilgan?
*a) 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-modda 1-qismiga o’zgartirish va qo’shimcha kiritilgan
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida qonuniylik prinsiplaridan biri qonunlarning umumbasharligini mustahkamlab qo’yilgan?
*a) 15- modda
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi qanday izohlanadi?
*a) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ―Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.