V bob. Xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy asoslari l-§. Hokimiyat tizim id a d a V la t h okim iyati



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix13.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#139799
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arq3oA7ngxHXwb0qW83AknBHyzD1DFCIp47ej9BA



V bob. Xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy asoslari
l-§. Hokimiyat tizim id a d a v la t h okim iyati
H okimiyat ijtimoiy kategoriya (hodisa) bo‘lib, kishilik jamiya- 
tin in g barcha davrida (hatto davlat bo 'lm ag an davrda ham ) mav­
jud bo'lgan. Hokimiyat doimiy ravishda ijtimoiy m unosab atlarg a, 
shaxsiy m unosabatlarga t a ’sir qilib kelgan.
Hokimiyat boshqalarga nisbatan u stu n tu rish , b u n in g uchun 
kuchga ega bo'lish va boshqalarga nisbatan ta ’sir qila o lish d ir1.
Agar hokimiyatga tushunish oson bo'lgan e n g oddiy ta ’rif be- 
radigan bo'lsak, u ijtimoiy hodisa; kishilik jam iyatining barcha bos- 
qichlarida mavjud bo'lgan va jamiyat rivojlanishi bilan rivojlanib 
borgan; hokimiyatning rivojlanishi jamiyat rivojiga yoki aksincha
jamiyat rivoji hokimiyatga ta ’sir etgan; hokimiyat munosabatida ikki 
tomon: birinchisi - hokimiyat subyekti yoki hokimiyat egasi, ik- 
kinchi tomon - shu subyektga bo'ysunuvchi tomon bo'ladi; hokimi­
yat, albatta, kuchga ega bo'ladi. Umumlashtirib aytadigan bo'lsak, 
hokimiyat boshqalarga nisbatan huquqqa ega bo'lish, kuchga ega 
bo'lish va boshqalarga ta’sir qilishdir. Boshqalar deganda alohida 
shaxs yoki shaxslar, jamoa, oila, jamiyatni tushunish mumkin. 
S huning uchun hokimiyatning turlari, ko'rinishi turli-tuman.
Insonlar o'rtasidagi munosabatlarda hokimiyat ongga asosla- 
nadi va u ongli hokimiyatdir. O ngga asoslanm agan, instinktga asos- 
langan hokimiyat ham bo'lishi mumkin: hayvonlar to'dasida kuchli 
hayvon o'z ta’sirini boshqalarga o'tkazishi ham hokimiyatdir.
Hozirgi kunda davlat mavjud bo'lgan davrda ham davlat 
hokimiyati bilan birga boshqa hokim iyatlar ham mavjud. Oilada 
oila boshlig'i hokimiyati, jam o at birlashm alaridagi hokimiyat, 
diniy tashkilotlaridagi hokimiyat va hokazolar.
Ta’sir doirasiga qarab siyosiy, iqtisodiy, m a ’naviy hokimiyat 
bo'lishi mum kin.
Bu yerda asosiy e’tiborni siyosiy hokim iyatga qaratamiz, 
chunki siyosiy hokimiyat davlat tomonidan am alg a oshiriladi.
1 H okim iyat masalasi "Davlat va huquq nazariyasi” da kengroq o'rganiladi.
9 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


Davlat h ok im iy atinin g ta sir doirasi eng keng va kuchli hokimiyat- 
dir. U ning asosiy belgilaridan biri hokimiyatni am alga oshirishda 
oshkora kuch ish latish n in g mavjudligi, majburlov uchun m axsus 
organlardan foydalanish (militsiya, armiya, m axsus xizmatlar), 
hokimiyat t a ’siri, m a m lak a tn in g barcha hududida o'z kuchiga 
ega bo'lishi, u n in g ko'rsatmasini bajarish barcha uchun majburiy 
ekanligi (davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolar) hisob- 
lanishidir. Davlat hokimiyati o'z ifodasini, erkini majburiy ravishda 
qonun, farmon, qaror asosida hayotga tatbiq qiladi. Turli majburlov 
vositalaridan foydalanadi. Davlat hokimiyati faqat qonun asosida 
tashkil etilgan o rg an la r tomonidan, qonunga asosan am alga oshi- 
riladi. Davlat hokimiyati qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiya­
ti, sud hokimiyati orqali ijtimoiy hayotga tatbiq qilinadi. Davlat 
hokimiyati yak k a boshchilik: monarxiya, diktatura shaklida yoki 
kollegial (jamoa) asosda, yakka boshchilik asosda ish olib boru- 
vchi, xalq tom onidan saylab qo'yilgan organlar tomonidan am alga 
oshiriladi.
Davlat hokimiyati qo'llanish metodiga qarab hukmronlik, 
zo'ravonlik yoki dem okratik ko'rinishga bo'linishi mumkin.
0
‘zbekiston demokratik davlat bo'lganligi uchun davlat hokimi­
yati qonuniy asosda saylab qo'yilgan organlar: prezident, parlament, 
hukumat, sudlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa 
maxsus m u a ssasala r (prokuratura) tomonidan amalga oshiriladi.
Ular tom onidan am alga oshiriladigan barcha faoliyat xalq 
manfaatiga mos tushishi zarur. Amalga oshiriladigan kuch ish- 
latish va boshqa tazyiqlar ham xalq manfaati yo'lida bo'lishiga 
harakat qilinadi.
O'zbekistonda davlat hokimiyati davlat mustaqilligini saqlash, 
inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar osoyishtaligini taminlash, 
xalqning farovon turm ush tarzini yuksaltirish vazifasidan kelib chi- 
41
b, o'z faoliyati yo'nalishlarini belgilaydi va ishni tashkil etadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, davlat hokimiyati uchun xos 
quyidagi belgilarni ko'rsatish mumkin:
1. 
Davlat hokimiyati boshqa hokimiyatlardan t a s i r doirasining 
kengligi bilan farq qiladi. Ya’ni, faqat davlat hokim iyatigina m a m ­
lakatning barcha hududida, barcha aholiga t a s i r qiladi. Davlat
91
www.ziyouz.com kutubxonasi


hokim iyati m a m la k a t hududida y a s h a y o tg a n ch et el tuqarolari 
h am d a fuqaroligi b o 'lm ag an s h a x s la r g a h am t a ’sir qiladi.
2. Davlat hokimiyati m a x su s subyektlar, professionallar, davlat 
xizmatchilari tom onidan am alga oshiriladi.
3. Davlat hokimiyati h am m a uch u n u m u m m a jb u r iy qoidalar 
yaratadi, ularni qo'llaydi va o‘zi ham o'rn atilg an qoidalarga amal 
qiladi.
4. Davlat hokimiyati majburlovda real k u ch g a tayanadi, jazo 
choralarini qo'llaydi.
5. Davlat hokimiyati doimiy, uzluksiz am al qiladi.
6
. Davlat hokimiyati xalq irodasiga tayanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin