V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.02.01raqamli ilmiy kengash raisi U.A. Roziqovga
Hurmatli Utkir Abdullayevich Buxoro Davlat universitetida Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT - F4 - 02 – “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” (loyiha rahbari: prof. D.Q.Durdiev) mavzusidagi fundamental loyiha doirasida Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Totiyeva Janna Dmitriyevnaning “Irsiy elastiklik nazariyasining dinamik tenglamalari uchun teskari masalalarning global yechilishi” mavzusidagi fizika – matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalari va materiallaridan foydalanilgan. Bular quyidagilardan iborat:
- kvazi-ikki o’lchovli masala yadrosining dastlabki asimptotikalarini bir vaqtning o‘zida aniqlash va ular uchun global ma’noda yechiluvchanlik shartlarini olish imkonini berdi;
- kuchsiz gorizontal bir jinsli bo‘lmagan muhitda ko‘ndalang elastik to‘lqinlarning tarqalish tezligini aniqlashda foydalanildi;
- oldindan berilgan matritsaviy yadroli xotira funksiyasi bilan anizotropik yopishqoqlik tenglamalari sistemasida elastik modullarini aniqlashning bir o‘lchovli masalasining bir qiymatli yechiluvchanligi va turg‘unligi uchun shartlar olishda foydalanilgan.
Totiyeva Janna Dmitriyevna mazkur loyihada ishtirok etmagan. Ushbu ma’lumotnoma doktorlik (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashga taqdim etish uchun berildi.